265
3-sinfda o‘quvchilarga doston haqida beriladigan ma’lumot
«Rustamxon»
dostoniga bog‘liq holda bayon etiladi. Darsda o‘qituvchi doston haqida quyidagi
ma’lumotlarni beradi:
«Doston ham xalq og‘zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti,
kurashi va orzu-umidlari aks etadi. O‘zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar
she’riy va nasriy yo‘l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xususiyatlari, xulq-
atvori, ichki kechinmalari va harakati ba’zan baxshi nutqida, ba’zan dostonda
qatnashuvchilar nutqida aks etadi. Dostonlarda voqealar ma’lum tartibda
beriladi: avval qahramonlarning yoshlik chog‘lari, xulq-atvori, keyin voqealar
hikoya qilinadi».
Boshlang‘ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan,
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo‘lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-
sinf darsligidan o‘rin
olgan
«Rustamxon», «Alpomish»
dostonlari xalq og‘zaki
ijodi mahsuli bo‘lganligi uchun muallif haqida ma’lumot berilmaydi. Faqat bu
dostonlar o‘rganiladigan darslarda dostonni qo‘shiq qilib aytadigan baxshilar
haqida ma’lumot berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga,
qahramonlar hayotiga
alohida e’tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag‘a, favqulodda yuz beradigan
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa
chiqarishda o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit
yaratiladi.
4-sinfda
yozuvchi
Maqsud
SHayxzoda
tomonidan
yaratilgan
«Toshkentnoma» nomli dostoni o‘rganiladi. Bu
dostonni quyidagi tartibda
o‘rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to‘ldiriladi.
2. Dostonni o‘qishdan oldin uning muallifi - Maqsud SHayxzoda haqida
ma’lumot beriladi.
3. O‘qituvchi dostonni ifodali o‘qib beradi.
266
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o‘tkaziladi. Suhbatda o‘quvchilarga
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: «Doston qaysi shahar haqida ekan?»,
«Dostonni o‘qish orqali Toshkent shahri haqida yana nimalarni bilib oldingiz?»
va hok.
5. Doston qismlarga bo‘linib, o‘quvchilarga o‘qitiladi.
6. Doston mazmuni to‘liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o‘quvchi
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o‘quvchi ketma-ket davom ettirishi
mumkin.
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e’tibor
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba’zi
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan
foydalaniladi.
8. Umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Bunda «Toshkentda uch fasl yoz»,
«Osiyoning qo‘ynida yashil shahar bor» kabi gaplarni o‘quvchilar qanday
tushunganliklari so‘raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o‘rganish darsining qurilishi
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda
o‘qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi);
2. Dostonni o‘quvchi ifodali o‘qishi yoki baxshi aytganini eshittirish;
3. Dostonni qismlarga bo‘lib o‘qish;
4. Doston mazmunini tahlil qilish;
5. Dostonda o‘quvchilar tushunishi qiyin bo‘lgan so‘z va so‘z
birikmalarining ma’nosi ustida ishlash;
6. Dostondagi badiiy san’atlar ustida ishlash;
7. Dostonni qismlarga bo‘lish va reja tuzish;
8. Dostonni to‘liq qayta hikoyalash;
9. Umumlashtiruvchi suhbat.
Dostları ilə paylaş: