Tez aytishlar
ma'lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g'ri talaffuz
qilishga,
uni
boshqa
tovushlardan
farqlashga
o‘rgatadigan, xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan, o‘qish sur'atini oshiradigan janr
hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan,
“Botir botmas botqoqqa”, „Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", „Bahodir
bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi?", “Olim oldidagi
oltita olmani oldi” va boshq. 2-sinfda esa quyidagi tez aytishlar keltirilgan:
Qobil qahraton qishda qishloqda qishladi.
Qahraton qishda Qobil qishladi.
Bu tez aytishni o‘rgangandan keyin
qish, qor, sovuq, muz, yax,
yaxmalak, sumalak, ayoz
so‘zlari ishtirokida hikoya tuzish o‘quvchilarga
topshiriladi. O‘quvchilar quyidagicha hikoya tuzishlari mumkin.
Qish keldi. Kunlar sovidi. Qor yog‘a boshladi. Suvlar muzladi tarnovlarda
sumalaklar paydo bo‘ldi. Biz bolalar yaxda yaxmalak ucha boshladik. Ayoz
bobo oynalarga gul solib ketdi.
Bunday hikoyalarni tuzish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati
shakllanadi, dunyoqarashi kengayadi, og‘zaki nutqi oshadi.
Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq.
Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi?
Shuningdek 3-sinfda ham tez aytishlar keltirilgan:
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi.
Tolib tandir tagidan tanga topdi.
San’at saroyi – saroylarning sarasi.
Salimning sadadagi sap-sariq sa’vasi sahar sayraydi.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga
o‘quvchilar yoshiga mos, mavzular bo‘yicha tanlab olingan,
272
Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda
ongli ravishda ta’lim metodikasiga asoslanadigan "tilni sezish" shakllanadi.
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish,
ya’ni, birinchidan, ikki nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til
vositalaridan foydalanib, fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish
hisoblanadi.Tilni o‘rganish jarayonida bolalarni turli xil rollarni bajarishga, bir-
birlari bilan gaplashishi, o‘yinchoqlari bilan muloqotda bo‘lishga, o‘z ismini va
ota-onalarining ismini aytishga, boshqa bolaning ismini so‘rashga o‘rgatib
borish zarur. Bu jarayonda bolalarning o‘yin mashqlarini bajarishi orqali lug‘at
boyligi o‘sib borishi bilan birga, so‘zlarni bir-biriga moslashtirish, ularni o‘z
o‘rnida qo‘llay bilish malakasi o‘sadi.
Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini
ta’minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ayrim bolalar nutq madaniyati boshqa bolalarga
qaraganda birmuncha yaxshi bo‘ladi. Ular so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiladilar,
savollarga qiynalmay, erkin javob beradilar. Lekin ko‘pchilik bolalar nutqida
ba’zi nuqsonlar uchrab turadi. Masalan, s, z, sh, k, ch, b, p, g, j, r kabi undoshlar
talaffuzida bu ko‘proq seziladi. O‘qituvchi bolalar bilan ishlashda shunday
nuqsonlarni bartaraf etishga e’tibor berishi lozim. Buning uchun turli usul va
vositalardan
foydalanish
mumkin.So‘zlarning
talaffuzi
ustida
maxsus
qo‘shimcha ish olib borilishi lozim. Buning uchun mashg‘ulotning o‘zi yetarli
emas. Mashg‘ulotdan tashqari sayr paytida, didaktik o‘yinlar o‘tkazilayotgan
vaqtda bolalar bilan yakka tartibda ishlashga ham to‘g‘ri keladi. So‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz qilishga o‘rgatishda quyidagi mashqlarni qo‘llash yaxshi samara beradi:
1. So‘zlarni bo‘g‘in va tovush tomondan tahlil qilish.
2. Bo‘g‘inlardagi harflarning tovush tomondan to‘g‘ri talaffuz qilinishiga
e’tibor berish, ya’ni fonematik eshitishni rivojlantirish.
Bu bolalar talaffuzida qiynalayotgan tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni
og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘lishiga (artikulyatsiyaga) diqqat qaratishni taqozo
etadi. Masalan, r undoshi tilning orqa tanglayga tegib, tovush paychalarining
273
titrab chiqishi natijasida hosil bo‘lishi, b undoshi ikki labning mahkam
jipslashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havoning portlashidan hosil
bo‘lishini amaliy ko‘rsatish zarur.Talaffuzi qiyin tovushlarni biror hayvon yoki
parrandalarning ovoziga taqlid qilish va uni takror-takror mashq qilish ham
yaxshi natija beradi.
— Bolalar, qurbaqa qanday sayraydi?
— Qurbaqa "qur-r, qur-r" deb sayraydi.
— Kechqurunlari chigirtkalarning ovozini eshitganmisiz?
— Qishda kunlar isib qolgan vaqtda qarg‘alar qanday ovoz beradi?
— Traktor yurganda qanday ovoz chiqaradi?
"Sh" tovushining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish uchun:
— Hon sudralganda qanday ovoz chiqaradi?
— Vish-vish-vish.
Ba’zan buyumlarning nomini takror-takror ayttiriladi: shar, arra, choynak,
cho‘mich, chaqich kabi. Shuningdek, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga
o‘rgatishda tez aytishlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, s, sh, g
undoshlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun, avvalo, quyidagicha mashqlarni o‘tkazish
lozim:
So-so-so-so Sodiq, sochiq, somon.
Sa-sa-sa-sa sa’va, sariq, sayr.
Sha-sha-sha-sha sharshara, Shahlo, shaqildoq.
Sho-sho-sho-sho sholi, oqshom, sholg‘om.
Ra-ra-ra-ra rasm, randa, raketa.
Ro-ro-ro-ro rom, rohat, rost.
Bu mashqlarni bolalar o‘qituvchi bilan birgalikda shoshilmay, bo‘g‘iniarni
ifodali qilib aytadilar. Keyinchalik mazkur bo‘g‘inlar qatnashgan so‘zlarning
to‘g‘ri talaffuzini mashq qiladilar. So‘ngra tez aytish mashqiga o‘tish mumkin:
Sodiq sochini sochiqqa artdimi,
Sodiq sochiqqa sochini artdimi?
Saodat soatni soatsozga sozlatdi
274
Shahlo shaqildoqni shoshib shaqillatdi.
Tohirning traktori tog‘ orqasida tirilladi.
Tez aytishni dastlab asta-asta aytib, keyin bir nafasda necha marta ayta
olishga e’tibor qaratiladi. Tez aytish jarayonida o‘qituvchi bolalarni to‘g‘ri
talaffuzga o‘rgatishi, tovushlarni bir-biridan farqlashlariga e’tibor berishi,
bolalar nutqini doim kuzatib borishi va xatolarni tuzatib borishi lozim. Boshqa
millat bolalarining ham davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilini egallashlariga harakat
qilishi, tilimizga muhabbat uyg‘otishi zarur.
Bola zerikmasligi, toliqmasligi uchun o‘qituvchi albatta belgilangan vaqtda
jismoniy tarbiya mashqlarini o‘tkazishi kerak. Bu bolalarni charchashdan
saqlaydi, ongini rivojlantiradi, nutqini faollashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |