“Qish to‘zg‘itar momiq par”
she’ri o‘rganilganda
“to‘zg‘itar”, “momiq par”, “oq namat”, “nazdimda”,
“zarra”
so‘zlari izohlanadi. SHundan so‘ng, she’r o‘quvchilarga navbat bilan
o‘qittiriladi, uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o‘tkaziladi. Unda
quyidagicha savollar berilishi mumkin:
“SHe’rda qaysi fasl tasvirlangan
ekan?”, “SHoir qor yoqqan joylarni nimaga o‘xshatadi?”, “SHe’rda qor
yog‘ishi nimaga qiyoslangan?”, “SHoir qorga qanday murojaat qiladi?”
.
O‘qituvchi berilgan javoblarni to‘ldirib, o‘quvchilarning qish fasliga doir
tushunchalarini boyitadi.
“Qish”
(Tursunboy Adashboнev) she’rining hajmi unchalik katta emas.
Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bilib olishga
yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham o‘quvchilar bilan
252
savol-javoblar o‘tkaziladi. O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga
qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o‘zgarib, qorda o‘zini
dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari
sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha beriladi. SHe’r matni bilan
tanishishdan oldin doskaga
“ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, “po‘stin”
“pahmoq”
so‘zlari yozilib, ma’nosi izohlanadi. SHe’rni navbat bilan
o‘quvchilarga to‘rt-besh marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan
savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga
gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganish
jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan
dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini
kuzatish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun
bo‘lishi uchun boy material beradi.
O‘quvchilar barglari to‘kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko‘rar
ekan, shu holatni ifodalagan
“qor ko‘rpasiga o‘rangan yalang‘och daraxt”
yoki
“sovuqda mudrayotgan daraxt”
kabi iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa
o‘quvchilarning lug‘at boyligining oshishiga xizmat qiladi.
She’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo, she’r mazmuni
haqida o‘quvchilarga ko‘p savol berish tavsiya etilmaydi. O‘quvchilar she’rning
asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o‘zi kifoya.
SHuni ham aytish kerakki, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos fikrlari, his-
tuyg‘ulari, qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek, zamonamiz qahramonlari,
o‘zbek xalqi, Vatan himoyasi, xalqimizning qahramonona ishlari haqidagi
she’rlar mazmunini to‘liqroq tahlil qilish talab etiladi. Bunday she’rlarni
o‘qishga maxsus tayyorlaniladi: she’r mazmuniga asos bo‘lgan tarixiy voqea
haqida qisqacha so‘zlab beriladi yoki suhbat o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan ko‘pgina she’rlarni tahlil qilib,
ifodali o‘qish mashq qilingach, ifodali yod aytib berish vazifasi topshiriladi.
253
She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik his-tuyg‘u uyg‘otadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan
yozilgan sodda ritmli jarangdor she’rlarni bolalar tez va oson yodlab oladilar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga she’rni qanday yodlash kerakligi
o‘rgatiladi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’rni teng satrli bir
necha qismga bo‘ladi. O‘quvchilarga har bir satr oxirida pauza (to‘xtam) qilish,
buning uchun satr oxirida tinish belgisi bo‘lishi shart emasligi, ritmik to‘xtamda
ovozni nuqtadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom
ettirishga imkon berishi tushuntiriladi va bo‘lingan qismlar navbati bilan
yodlatiladi.
Epik (voqeiy) she’rlar yoki she’riy usuldagi adabiy ertaklar kishilar
hayotida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan biror voqeani
umumlashtirgan holda ifodalash bilan hikoyalarga o‘xshaydi. Voqealarni ifoda
etuvchi vositalarning ohang jihatdan tartibga solinishi, kichik bo‘laklarning
izchil va bir me’yorda takrorlanishi, misralarda ohangdosh so‘zlarning
qo‘llanishi bilan she’riy nutq sanaladi. SHu sababli bunday asarlarni o‘rganishda
she’r va hikoya ustida ishlash metodikasidan foydalaniladi.
Epik she’rlarni o‘qishga o‘quvchilar alohida tayyorlanadi, ularda ifoda
etilgan voqealar yuz bergan davr haqida tasavvur hosil qilinadi. Bunday
she’rlarning mazmuni qay darajada o‘zlashtirilganligiga ham alohida e’tibor
qaratilishi lozim. Bunda ta’limiy vositalar, rasmlardan foydalanish yaxshi
samara beradi. Asar matni ustida ishlashda uni qismlarga bo‘lish, har bir
qismdagi asosiy fikrni aniqlash, reja tuzish va qayta hikoyalash, qahramonlarga
tavsif berish va tarbiyaviy xulosalar chiqarish kabi tahliliy ishlar amalga
oshiriladi.
Epik she’rlarning nasriy asarlar kabi tuguni, kulminastion nuqtasi, yechimi
mavjud bo‘ladi. Shu sababli asar mazmuni savol-topshiriqlar orqali tahlil
qilinadi. Savol-topshiriqlar o‘quvchilar tomonida ham tuzilishi mumkin.
254
Bunday she’rlarni tahlil qilish asar voqealari jarayonida qahramon
holatlarini o‘quvchi ko‘z oldida yaqqol gavdalantirish imkonini beradi. Bunda
ayrim epizodlarga rasmlar ham chizdirish mumkin.
Epik she’rlarning badiiy til vositalari ma’nolarini ochish, ohangdosh
so‘zlarni aniqlash, band va misralar, bo‘g‘inlar sonini belgilash, ifodali o‘qish,
ayrim epizodlarni yod oldirish kabi ish turlari qo‘llansa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
4-sinf «O‘qish kitobi» da
«Mardlik va aql yorug‘ligi»
(M. A’zam),
«Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi», «SHarq hikoyasi»
(A. Oripov),
«Har
kim ekkanin o‘rar»
(M. Abdurashidxonov),
«Sodda qishloqi va uning eshagi
qissasi»
(A. Jomiy),
«Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»
(A.S.
Pushkin),
«Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak»
kabi epik she’rlar berilgan.
Bu asarlar ustida ishlashda ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ish turlaridan
foydalanish kerak.
SHe’rni izohli o‘qish darsining tuzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o‘qib berish
(birinchi sintez);
2) she’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (analiz);
3) she’rni ifodali o‘qishni mashq qilish (ikkinchi sintez);
4) she’rni yod aytib berishga tayyorlanish.
5) epik (voqeiy) she’rlar ustida ishlash.
Dostları ilə paylaş: |