N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Shе’r janridagi asarni o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

8.3.
Shе’r janridagi asarni o‘qitish metodikasi 
SHe’r - ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi 
sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq. SHe’riy nutqni ohang jihatidan 
ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik 
bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning 
oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi
6

SHe’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-
hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy 
asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi. 
She’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. 
Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy 
kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning 
xususiyati “kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda 
qo‘l keladi”. 
SHe’rni o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. 
O‘quvchi she’rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi. 
SHe’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda 
qo‘llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.
Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. 
Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. 
Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi, she’r 
6
Ҳомидий . ва бошқ. «Адабиётшунослик терминлари луғати» - Т.: ўқитувчи, 1967, 92 - бет. 


250 
ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. 
Buning oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa 
olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o‘qish 
mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga 
oshmaydi. 
SHe’riy ohangni his qilmaslik, matn so‘zlarini to‘la tushunib yetmaslik 
she’r yodlashni zerikarli mashg‘ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni 
yodlash oson kechmaydi. Buni deyarli barcha sinflarda o‘rganiladigan 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi”
misolida ko‘rish mumkin. 
Ma’lumki, madhiya kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallab maxsus yaratilmaydi. 
Binobarin, uning matnidagi “hur o‘lka”, “to abad”, “ilmu fan”, “shuhrating”, 
“ajdodlar”, “mardona ruhi senga yor”, “o‘chmas iymoni”, “istiqlol mash’ali”, 
“tinchlik posboni”, “haqsevar ona yurt”, “mangu bo‘l obod”, “jo‘sh urgan” kabi 
ko‘pdan-ko‘p so‘zlar, iboralar o‘quvchilarga izohlab tushuntirilmasa, ta’limdan 
ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
4-sinfda Q. Hikmatning 
“Qish to‘zg‘itar momiq par”
she’rini o‘rganishda 
albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o‘qishdan oldin unda 
tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o‘tkaziladi yoki she’r mazmunini 
tushunish uchun o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan voqealarni o‘qituvchi qisqa 
qilib aytib beradi. 
Ma’lumki, qish fasli go‘zal ko‘rinishi bilan odamda yoqimli tuyg‘ular 
uyg‘otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo‘ron o‘ynashdan 
olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga 
burkalib turgan daraxtlar, dala-bog‘lar kishida ajib bir kayfiyat uyg‘otadi. 
“Qish to‘zg‘itar momiq par”
(Qudrat Hikmat) she’rini o‘rganish 
jarayonida agar qor yog‘magan bo‘lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan 
foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” 
sifati qo‘shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning 
oppoq bo‘lib tovlanishiga, ko‘zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni 
o‘rganish darsi dastlab o‘quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini 


251 
aniqlashdan boshlanadi. Qishning o‘ziga xos belgilari, qishda o‘ynaladigan 
o‘yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilarning 
qish faslida sovuq bo‘lishi tufayli ayrim qushlarning o‘lkamizni tark etib 
janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi 
haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to‘ldiriladi. SHundan so‘ng o‘qituvchi 
she’rni ifodali o‘qiydi. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali 
o‘qish hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok 
etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech 
qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini 
hisobga olish, bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, 
bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir 
etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. 
O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini 
qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni 
o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r 
ritmini buzmasliklariga erishish kerak. 
O‘quvchilar she’r matnini mustaqil o‘qiyotganlarida doskaga ma’nosi 
izohlanadigan so‘zlar yozib qo‘yiladi. Masalan, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin