N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

didaktik maqsadi
hisoblanadi. U turli 
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estetik 
tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi. 
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-
barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh 
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi. 


196 
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va 
malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib etishishlariga erishish 
o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. 
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va «Ona tili» o‘quv dasturida o‘qish 
ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil 
qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan 
didaktik vazifalar
quyidagilardan iborat: 
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish 
malakalarini shakllantirish. 
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga 
o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur 
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. 
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va 
boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan etuk va mehnatga muhabbat 
ruhida tarbiyalash. 
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini 
o‘stirish. 
6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish. 
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va 
ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan 
boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va 
sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin