218
tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar.
Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif
qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida
asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi.
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata
olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks
ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asarni
tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni
o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola
boshlaydilar.
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy
tushunchalarni o‘rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi,
uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.
Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash,
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal,
she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat
hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur
idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,
qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir
syujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili
ustida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur.
2-sinf «O‘qish kitobi»da keltirilgan
Dostları ilə paylaş: