«Karnaychi shoh»
ertagida
«yov qora
bulutday yopirilib kelayotgan ekan»,
«Kuychi terak»
ertagida
«Terakning
shoxlari xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab
raqsga tushar ekan»
,
«To‘rg‘aylar qo‘shiq aytib, ularga jo‘r bo‘lar ekanlar»,
«Oh, deb nola qilibdi terak», «Ustun ularning nag‘malariga jo‘r bo‘lib, sho‘x-
sho‘x kuy chalibdi»
kabi badiiy vositalar yordamida tasvirlangan manzaralar
219
juda ko‘p. Ular ustida ishlash o‘quvchi nutqini o‘stirish bilan birga ularni fikr
yuritishga, mulohaza qilishga ham o‘rgatadi.
Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan.
O‘quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta
hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o‘rgatish zarur.
Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning
ma’nosi matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda
allegoriyani ochishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular
bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko‘chma
ma’noda ishlatilgan so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi.
3-sinf «O‘qish kitobi»dan o‘rin olgan
«Ayamajiz»
(Qudrat Hikmat)
she’rida
«Bo‘ralar qor kapalak», «Bog‘lar sokin mizg‘ishar, Misoli oq
kapalak», «Muz oynalar sovuq eb»
misralarida o‘xshatish, jonlantirish;
«Saxiy
ona tabiat», «quchog‘ida havo sof»
misralarida metafora;
«Ayamajiz izg‘iydi,
Ko‘chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib»
kabi
misralarda jonlantirish va o‘xshatishlar qo‘llangan. Bular ustida ishlaganda
quyidagicha savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Shoir qorni nimaga o‘xshatadi?
(oq kapalakka).
2. Ayamajizni nimaga o‘xshatadi?
(Yalmog‘izga).
3. «Muz oynalar sovuq eb» misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq
qotadimi?
Ushbu darslikning
«Kumush qish»
bo‘limida
«Qish»
matni berilgan.
Ushbu matnda ham ko‘plab jonlantirishlar qo‘llangan. Masalan,
«hamma yoqda
sovuq izg‘irin kezadi», «Ingrar og‘riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish -
gulkor», «Daraxt kurtaklari rohatlanib uxlamoqda», «hozir urug‘lar tinch
uyquda»
kabi. Matn tahlilida
«Matnning birinchi qismini o‘qing. Unda qaysi
so‘z o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llangan?»
yoki
«Matnning ikkinchi
qismida jonsiz narsalar jonlidek tasvirlangan o‘rinlarni topib o‘qing. Boshqa
ma’noda qo‘llangan so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab gap tuzing. Bu so‘zlar
220
qanday ma’noda qo‘llanganda ta’sirchan bo‘ladi?»
kabi savol-topshiriqlardan
foydalanish mumkin.
Maqol janrida ham ko‘chma ma’noli so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Misol uchun
«
Yurt boshiga ish tushsa
,
Er yigit hozir»
maqolida
boshiga
s
o‘zi metafora yo‘li
bilan ma’nosi ko‘chgan, o‘quvchilarga uning ma’nosi qanday usul bilan
ko‘chganligi aytilmaydi, faqat boshqa ma’noda qo‘llanganligi o‘z ma’nosi bilan
taqqoslangan holda o‘quvchilarga o‘rgatiladi.
Tarixiy asarlarda ham ta’sirchan, tasviriy-bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p uchraydi.
Jumladan,
Dostları ilə paylaş: |