“Alifbe” darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari.
“Alifbe”
birinchi o‘quv kitobi bo‘lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning umumiy
mezonlariga hamda “Alifbe” darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga
asoslaniladi:
- g‘oyaviylik;
- bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;
- ko‘rsatmalilik;
- onglilik;
- o‘quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi;
60
- bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga
olinishi
4
.
“Alifbe” darsligi, asosan, quyidagi ilmiy-pedagogik tamoyillar asosida
tuziladi:
1. “Alifbe” materiali bolalarda ongli, to‘g‘ri, ravon o‘qish va to‘g‘ri yozish
malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
2. O‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo‘lishi,
shu bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o‘stirishi lozim.
3. “Alifbe” tuzilishida tovush-harflarning tez va ko‘p ishlatilishi
tamoyilidan foydalanish kerak.
4. “Alifbe”dagi harflarni joylashtirishga va ular qatnashgan so‘zlarni
tanlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
5. “Alifbe”dagi materiallarning hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtga
mos bo‘lishi zarur.
6. “Alifbe”ning harfi, terilishi, qog‘ozi, rasmlarining bo‘yoqlari gigienik
talablarga javob berishi lozim.
7. “Alifbe”ning tashqi ko‘rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‘ziga
tortadigan bo‘lishi kerak va hokazo.
“Alifbe”ga qo‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat “Alifbe” darsligini
tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o‘qituvchilar ham bilishi zarur.
O‘qituvchi, avvalo, “Alifbe”ning mazmunini, tuzilishini yaxshi bilib olib,
undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida bir dars rejasini
tuzish, darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo‘shimcha material tanlash,
ba’zi materiallarni qayta ko‘rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina o‘qituvchi
kitobga ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o‘zining pedagogik
tajribasidan kelib chiqib foydalangan bo‘ladi.
4
Р. Сафарова ва бошқ. Савод ўргатиш дарслари (Алифбени ўқитиш бўйича методик
қўлланма). - Т.: Маънавият, 2003. 3-бет.
|