KIRISH Abu Ali ibn Sino - tabobat ilmining sultoni
Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi.
Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi.
U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa boshlaydi. “Tib ilmi – deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida, — qiyin ilmlardan emas, shu sababdan qisqa muddat ichida bu (fanga juda) ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham davolab turardim va (shu yo’sinda) orttirgan tajribalarim natijasida muomila eshiklari menga shu qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”.
Ibn Sino o’n yeti yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong chiqardi. O’sha kezlarda Somoniylar davlatining boshlig’iNuh ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashda ojiz edilar. Buxoroga yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi saroga ham yetib borogan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va uning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi.
Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxona o’sha vaqtda butun ‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Bir necha yil davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradiki, u davrda shu qadar bilimga ega bo’lgan boshqa bir kishini toppish mushkul edi. Ibn Sino o’z davridagi olimlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000 – 1001 yillarda yozgan.