N. G. Kamilova tdpu "Psixologiya" kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/21
tarix25.02.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#53127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12779 ижтимоий психология фан11

Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga

quyiladigan talablar

“Ijtimoiy psixologiya” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- kurs davomida o’zlashtirgan bilim, malaka va ko’nikmalarini bo’lg`usi pedagogik faoliyatida aniq va samarali qo’llay olishi, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantira olishi, bunda shaxs ijtimoiylashuvining barcha qonun-qoidalarini bilishi, ijtimoiy psixologik xizmat ko’rsatishning yo’nalishlari va ushbu jarayonda amaliyotchining vazifalarini bilgan holda psixolog va pedagoglarga aniq va asosli maslahatlar bera olishi, shuningdek, kurs mobaynida o’rgangan ma`lumotlaridan aniq va samarali foydalana olishni bilishi kerak;

-talaba ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan barcha testlar, psixodiagnostik metodikalarni qo’llay olishi, o’zi mustaqil ravishda ijtimoiy psixologik so’rovnomalar tuza olishi va olingan natijalarni ilmiy asoslab tahlil qila olishi, liderlik sifatlari haqida olgan bilimlarini amaliyotda joriy etgan xolda o’zini o’zi tarbiyalashi, keyinchalik o’zi tarbiyalaydigan o’quvchilarda liderga xos sifatlarni tarbiyalashi va ijtimoiy psixologik sohadagi turli treninglarni o’tkazish ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak.

-talaba ijtimoiy-psixologik so’rovnomalar, anketalar tuzib, sinf va auditoriyadagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishi, guruhdagi har bir shaxsning sotsiometrik maqomini belgilashi, natijalarni tahlil qilishda o’z tajribasi, kuzatishlaridan foydalana olishi, guruhiy munosabatlar jarayonida sodir bo’ladigan shaxslararo ziddiyatlarning oldini olishi, o’zgalardagi ziddiyatli holatlarni muvofiqlashtirishi, ularning ruhiyatini tushunishi;

- ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy sohalarida (maktab, oila, ishlab chiqarish) psixologik xizmat ko’rsatish yuzasidan faoliyat olib borish bo’yicha aniq amaliy malakalarga ega bo’lishi kerak.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin