N. G. Kamilova tdpu "Psixologiya" kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/21
tarix25.02.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#53127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12779 ижтимоий психология фан11

O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad - bo’lg`usi pedagoglar, pedagog-psixologlarga shaxs va jamiyat munosabatlariga oid psixologik qonuniyatlarni, jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriiga qay tarzda ta`sir ko’rsatishi mumkinligini tushuntiruvchi mexanizmlar to’g`risida bilim berishdir. Unda ijtimoiy psixologiyaning fundamental muammolari bo’lgan muloqot, guruhlar ijtimoiy psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlari, uning jamiyatda ijtimoiylashuv jarayoni, boshqaruv psixologiyasi asoslari va boshqa tadbiqiy jabhalar bayon etilgan.

Ijtimoiy psixologiyaning predmetiga oid turli qarashlar, rivojlanish tarixiga oid ma`lumotlar hamda ijtimoiy psixologik jarayonlarni o’rganish usullari ham dasturda o’z aksini topgan. Ijtimoiy psixologiya fanining maqsad va vazifalari, uning tadqiqot premeti, o’rganish ob`ekti, ijtimoiy psixologiyaning asosiy muammolari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalarga shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning turli qirralarini yoritishda zarur bo’lgan nazariy-metodologik va uslubiy bazaga ega bo’lish, zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot metodlarini pedagogik ish faoliyatida qo’llay bilish, ijtimoiy psixologiya shug`ullanadigan fundamental masalalar - muloqot, katta va kichik guruhlar, etnik guruhlar ijtimoiy psixologiyasi, shaxsning ijtimoiy psixologik sifatlari, uning jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayoni, ijtimoiylashuv natijalari, boshqaruv psixologiyasi asoslari va tadbiqiy jabhalar, kommunikativ xurujlar sharoitida shaxsning o’zini o’zi himoya qilish usullari kabilar bo’yicha ilmiy asoslangan bilimlarga ega bo’lish va uni amaliyotda qo’llash yo’llarini tasavvur etish borasidagi bilimlar majmuasi bilan tanishtirish orqali amaliy bilim va ko’nikmalarni hosil qilishdir.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin