Muhtasib
raislar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qili-
nishi, savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat
qilganlar. Xonlikdagi ichki tartib-intizom ishlari bi-
lan
mirshablar
shug‘ullangan.
Qo‘qon
xoni taxti
12
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon
xonliklarida yerga egalik qilish shakl-
lari deyarli bir xil edi. XIX asrda aholining ak-
sariyati katta yer egalariga tegishli ekin may-
donlarida mehnat qilganlar. Ular ijaraga olgan
yerlari uchun hosilning bir qismini xiroj sifatida
to‘laganlar.
Soliq va to‘lovlar mahsulot yoki pul ko‘rini-
shida to‘langan. Bundan tashqari sug‘orish
inshootlari, yo‘llar, ko‘priklar qurish va ularni
ta’mirlash kabi ishlar ham bo‘lgan.
Bu davrda aholidan xiroj, zakot, suv, te-
girmon, tuz, mulk, tomorqa, bog‘ va boshqa
soliqlar yig‘ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq
solg‘ut
deb atalgan. Harbiy majburiyatda har
bir erkak ki shi oziq-ovqati, qurol-aslahasi bilan
birga qatnashishi kerak bo‘lgan. Har bir hudud-
da aholi va ma’muriyat vakillari sug‘orish so-
hasiga mas’ul va javobgar bo‘lgan. Sug‘orish
ishlari bilan
miroblar
shug‘ullanganlar.
Qo‘qon xonligida aholi, asosan, sug‘orma
dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Vodiy hudu-
dida yirik sug‘orish inshootlari – Shahrixonsoy,
Andijonsoy, Marg‘ilonsoy, Yangiariq, Ulug‘nor,
Qoradaryo kabilar bo‘lgan. Suv chiqishi qiyin
bo‘lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig‘irlar
yordamida suv chiqarilgan.
Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy
sug‘orish tizimlari – kanallar hamda uning
bo‘ylariga qurilgan to‘g‘onlar orqali ekin may-
donlariga yetkazilgan.
IJODIY
FAOLIYAT
1. Aholining qanday mehnat maj
buriyatlari bo‘lgan?
2.
Soliq va to‘lovlar qanday
ko‘rinishda bo‘lgan?
3. Matnni o‘qing. O‘rta Osiyo
xonliklarini agrar davlat de
yish mumkinmi? Nima uchun?
13
Agrar
(lotincha –
agrarius)
– yerga,
dalaga oid – qishloq
xo‘jaligi bilan shug‘ulla
niladigan hududga, aho
lining qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari y
etishtirish
hajmi ustun bo‘lgan jo
y
ga nisbatan qo‘llaniladi.
1. Nima uchun har bir hududda sug‘orish
sohasiga ma’muriyat vakillari mas’ul
va javobgar qilib tayinlangan?
IJODIY FAOLIYAT
14
15
BILASIZMI?
O‘rta Osiyo davlatlarida ko‘plab hunar
mandchilik markazlari mavjud bo‘lib, ular mahalliy xu
susiyatlariga ko‘ra turli sohalarga ixtisoslashgan. Masa
lan, Marg‘ilonda atlas to‘qish, do‘ppichichilik, Rishtonda ku
lolchilik, Shahrixonda pichoqchilik, do‘ppichilik, duradgorlik,
Chustda ham do‘ppichilik, pichoqchilik, Qo‘qonda temirchi
lik, duradgorlik, zargarlik, Buxoroda va Samar
qandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik
rivojlangan.
Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchi
lik, misgarlik, zardo‘zlik, shishasozlik, kandakorlik,
badiiy kashtachilik sohalari ham keng tarqalgan.
Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtiyoj katta
bo‘lganligi bois metallga ishlov beruvchi mahalliy temirchi
lik sohasi rivojlangan. O‘rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy,
Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bi
lan savdosotiq qilganlar. Xorijda hunarmandlarning zargarlik
mahsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqo
ri baholangan.
Bu davr da AQSH-
da Shimol va Janub
o‘rtasida boshlan
gan fuqar
olar urushi
(1861–1865) tufayli
Rossiyaning to‘qima
chilik sanoati uchun
paxta xomashyosi
taqchilligi vujudga
keldi. To‘qimachilik
sanoati uchun xom
ashyo bo‘lgan
pax
taning
yetish masligi
O‘rta Osiyo y
erlari va
resurslariga ehtiyojni
yanada oshir
di.
MA’LUMOT UCHUN
Har uchala xonlikda ta’lim tizimi deyarli bir xilda bo‘lgan.
Madrasalarda o‘qish muddati asosan sentyabr oyining ikkinchi yar-
mida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu tari-
qa o‘qish mavsumi ko‘pincha 6 oy bo‘lgan. Ta’lim olish muddati ko‘p
hollarda cheklanmagan. Madrasalar mudarris, imom, qozi, mirza,
moliyaviy ishlarni olib boruvchi, yer-suvni taqsimlovchi singari mutaxas-
sislarni tayyorlagan. Bu davrda ikki tilda, ya’ni o‘zbek va fors tillarida ijod
qilingan. O‘rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi mustahkam do‘stlik
asosiga qurilgan edi.
Tarixning qaysi davrida bo‘lmasin, mahalliy aholi ma’rifatga intilib
kelgan. An’anaviy ta’lim tizimida maktablar boshlang‘ich o‘quv maskan-
lari bo‘lib, ular shahar, qishloqlarda va ovullarda ham mavjud edi. Ular
odatda, masjid, madrasa huzurida yoki xususiy hovlilarda tashkil etil-
gan. Maktablarda diniy bilimlar bilan bir qatorda jo‘g‘rofiya (geografiya),
sanoq, savodxonlik kabi darslar ham berilgan.
Har bir xonadonda ichki va tashqi hovlilar mavjud bo‘lib, hovlilarda
tashkil qilinadigan maktablarda, asosan, dastlabki xat-savod o‘rgatil-
gan. Agar o‘g‘il bolalarga dars beradigan domlaning ayoli ham ichkari
hovlida xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatsa, bu ayni muddao bo‘lib, domla
ta’lim yangiliklarini ayoli orqali xotin-qizlarga ham yetkazib turish iga im-
kon bo‘lgan.
Har bir ota-ona farzandlarini yoshligidan ta’lim olish uchun maktab-
larga yuborilgan. O‘quvchilar dastlab «Haftiyak»ni uni tugatganlaridan
so‘ng «Chor-kitob» (To‘rt kitob)ni o‘qishgan.
Madrasalar va maktablar vaqf mulkidan moliyalashtirilgan. Talabalar
madrasaga maktabni tugatganidan so‘ng qabul qilingan. Ularning yoshi
10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan.
16
1. OstIndiya kompaniyasi qachon
tashkil etilgan edi? Bu kompa
niya nima bilan shug‘illangan?
2. Bu kompaniya nima uchun O‘rta Osiyo
ga qiziqish bilan qaradi?
3.
Suratda tasvirlangan A. Byorns va
J. Abbot nima uchun yevropaliklar libo
sida emas? Javobingizni jahon tarixi
dan olgan bilimlaringiz bilan asoslang.
IJODIY FAOLIYAT
A. Byorns
J. Abbot
17
XIX asrning boshlarida Britaniya
ning OstIndiya kompaniyasi stra
tegik ahamiyatga ega bo‘lgan xonliklar
hududiga qiziqa boshladi. 1825yilda Angliya
mintaqaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun
M. Murkroftni Buxoro amirligiga yuboradi.
1832yilda esa Buxoroga A. Byorns,
1844yilda mayor I. Volf, 1843yilda Xiva va
Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan.
O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy so
hada yordam berish va ularga Rossiya
imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish
taklifi bilan Buxoroga kelgan Angliya-
ning OstIndiya kompaniyasi vakillari
Ch. Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir
tomonidan qatl qilinadi.
Bunga javoban Angliya hukumati
Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib,
qurollantiradi. Natijada 1855yilda o‘zbeklar
va tojiklar yashaydigan Amudaryoning
janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston
viloyatiga aylantirildi.
MULOHAZA UCHUN
18
DARSDAN SABOQ CHIQARIB
XIX asrning birinchi yarmida O‘rta
Osiyo xonliklari birbirini qo‘llabquv
vatlamadi, aksincha, o‘zaro nizolar ularni
zaifl ashtirdi.
Toshkentga olib boradigan asosiy
Orenburg yo‘lida harbiy istehkomlar qu
rildi. 1847-yilda Sirdaryoning Orolga quyi
lish joyida Raim qal’asi bunyod etildi.
Bunday vaziyat oxiroqibat xonliklar
ning istilo qilinishini osonlash tirdi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib Angliya
O‘rta Osiyoga qiziqa boshladi.
Rossiya imperiyasining Buxoro amir
ligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish
harakat larini tezlashtirishga sabab bo‘ldi.
Bu Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo
bilan bog‘lovchi savdo yo‘llarini
to‘liq o‘z qo‘liga olishga harakat qildi.
BILASIZMI?
Rossiya imperiyasi
tashqi siyosatida o‘z che
garalarini sharqqa tomon
kengaytirish uchun dastlab Buxoro
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari
bilan har tomonlama aloqalar o‘rna
tishga harakat qildi.
Xalqaro doirada ingliz tovar
larining O‘rta Osiyoga kirib kelishi,
Angliyaning bu hududga nisbatan
qiziqishi ortib borishi Rossiya impe
riyasi hukumatining istilochilik ha
rakatlarini yanada tezlashtirdi.
Afg‘oniston Rossiya va
Angliya o‘rtasida.
O‘sha davr karikaturasi
1. Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligida boshqaruvning umumiy
tomonlarini aniqlang.
2. Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romanida «Moziyg‘a qaytib ish
ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzuni moziydan, yaqin
o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an
keyingi «xon zamonlari»dan belguladim», – deb yozganida ni
malarni nazarda tutgan? Fikringizni bayon qilishda mazkur
davrga oid ilmiy va badiiy adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin.
3. Ayiq, sher va odam tasvirlangan rasmni qanday izohlagan bo‘lar
dingiz?
ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA
ROSSIYA IMPERIYASINING O‘RTA
OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON
OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON
GENERAL-GUBERNATORLIGINING
GENERAL-GUBERNATORLIGINING
TASHKIL TOPISHI
TASHKIL TOPISHI
MULOHAZA UCHUN
MA’LUMOT UCHUN
BUGUN
DARSDA
Jahon tarixidan olgan bilimla-
ringizga tayanib va QR asosida
quyidagi savollarga javob bering:
1. XIX asrda Rossiya imperiyasi
ning harbiy qudrati va tajribasi
qanday bo‘lgan?
2. O‘rta Osiyo xonliklarining har
biy kuchlari bilan o‘sha davrdagi
Rossiya imperiyasi armiyasining
farqini aytib bering.
Dostları ilə paylaş: |