Qo‘qon xonligi.
XVIII asr-
ning boshlarida Buxoro amirligidan
Farg‘ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismi-
gacha bo‘lgan hududlar ajrab, mustaqil davlat
– Qo‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharq-
da Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi
va Xiva xonligi, shimolda Qozoq juzlari yerla-
ri bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ja-
nubiy chegaralari Qorategin, Ko‘lob, Darvoz,
Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga
olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan
tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Xonlikning
hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan
farqli o‘laroq, sersuv daryolar, so‘lim vodiylar,
serhosil yerlarga boy bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga
yaqin bo‘lgan.
7
IJODIY
FAOLIYAT
1. Berilgan ma’lumot
dan foydalanib Xiva
va Qo‘qon xonligining
taxminiy xaritasini
chizing.
2. Xiva va Qo‘qon xonligi
hududini zamonaviy
xaritadan aniqlang.
Qo‘qon xonligi 15 ta
beklikka bo‘linib,
ularni, asosan, xon
ning qarindoshlari
va yaqinlari ora
sidan tayinlangan
kishilar boshqargan.
8
MA’LUMOT UCHUN
XIX asrning o‘rtalariga kelib, Buxoro amirligi, Xiva va
Qo‘qon xonliklari aholisining etnik tarkibi bir-biriga yaqin, aso-
san, o‘zbeklardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga uchala xonlik hudud-
larida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar bilan birga
uyg‘urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.
9
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring:
1.
Uch xonlikning hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, ..., ..., ... va ...
yerlarining bir qismini ham o‘z ichiga olgan.
Buxoro amirligi:
... ta beklik – ... mln aholi.
Xiva xonligi:
... ta beklik, ... ta noiblik – ... ming aholi.
Qo‘qon xonligi:
... ta beklik – ... mln aholi.
Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hududini chega
ralab bering.
2. To‘g‘ri javobni toping.
1
Buxoro amirligi
a
sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi,
shimolda Qozoq xonliklari yerlari bilan, janubiy chegaralari Qorate
gin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga ol
gan.
2
Xiva xonligi
b chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib
shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva
xonligi yerlarigacha cho‘zilgan.
3
Qo‘qon xonligi
d Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda
qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan.
MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligida
oliy hukmdor
amir
hisoblanib, uning hokimiyati avloddan av-
lodga meros tarzida o‘tgan. Amirlikni cheklan-
magan hokimiyatga ega bo‘lgan mang‘itlar su-
lolasiga mansub hukmdorlar boshqargan.
Buxoro shahri amirlikning ma’muriy mar-
kazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir
–
qo‘shbegi
qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman
beklari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan.
Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi
kabi sohalarni
devonbegi
idora qilgan.
Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham
yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritish-
ga mas’ul
Dostları ilə paylaş: |