Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi: - O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
- tarbiyalanuvchining
davlat
maktabgacha
ta'lim
muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni
ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining
davlat
maktabgacha
ta'lim
muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovi miqdori va uni
to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To'lov banklar orqali tegishli g'aznachilik bo'limlarida
ochilgan shaxsiy g'aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki
pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish
belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro'yxatdan o'tkazilgan
xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga byudjetdan
tashqari qo'shimcha mablag'larning jalb etilishi byudjetdan
moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat maktabgacha taTim muassasasida zarur moddiy-
texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo'lgan taqdirda,
ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta'lim-
tarbiya xizmatlari ko'rsatiladi.
Davlat
maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
pullik
qo'shimcha ta'lim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish faoliyatining
tashkil etilishi va ularga haq to'lash tartibi O'zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
ta'lim
vazirligi
tomonidan
491
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
holda belgilanadi.