tasarruf etayotgani ishlab chiqarish va moliyaviy xo'jalik
faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor
tashkilotlarni
jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks
tekshiruvni amalga oshiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining xarajat smetalari
ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va moliyaviy xo'jalik faoliyatini
amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larning
qanday
maqsadlarga sarflanishi va choraklar bo'yicha taqsimlanishini
belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga
asoslanib, byudjetda maktabgacha ta’lim muassasasining
moliyaviy ehtiyojlari uchun mablag' ko'zda tutiladi va
qonunchilikda belgilangan tartibda muassasa hisob raqamiga
o'tkazib beriladi.
Maktabgacha ta'lim
muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq
deputatlari mahalliy kengashlari qaroriga binoan, respublika,
viloyat, shahar va tumanlar xalq xo'jaligi
rejasida belgilab
berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi.
Ta'kidlash joizki, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni
moliyalashtirish tizimi uzluksiz takomillashtirib boriladi,
jumladan, uning ko'p variantlik (byudjet va byudjetdan tashqari
manbalardan) tizimi joriy etilib, ta'lim
muassasalarining
o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash, xususiy hamda chet el
investitsiyalarini ta'lim sohasiga jalb etish borasida sa’y-
harakatlari rag'batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning
moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim kreditlari berish
mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta'lim
va kadrlar
tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda
donorlik va homiylar mavqeyini kuchaytirishga alohida
e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'lim sohasida pullik xizmatlar
ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar berish,
ekspertiza
ishlari, noshirlik, ishlab chiqarish hamda muassasa nizomida
belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat
yo'nalishlari rivojlantirilib, shu asosda ta’lim muassasalari da-
romadlarini ko'paytirish ta'minlanadi.
Dostları ilə paylaş: