XIX BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH TAMOYILLARI Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, reja
lashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat
maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi,
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiril-
gan va o'z nomi davlat tilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga,
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida
byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqla-
riga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi
yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va
bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib
xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va
tarmoq moliya me’yorlari orqali muassasani saqlab turish va
rivojlantirishga ajratilgan mablag'Iardan foydalanishda:
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan mol-
mulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa
o'ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha
o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni
qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati
doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning
maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
Davlat
maktabgacha
ta’lim
muassasasi
faoliyati
uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat
hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim
490
muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti
va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.