Mehnat bolalardan diqqat, o'tkir zehnlilik, topqirlik, bilib ol
gan malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llay bilish,
ijod-
korlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida
bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog'ozni buklash, kerak
li uzunlikni o'lchash, andozaga qarab shaklni qirqib olish ka
bi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atama-
lardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni so'zlab be-
rishga to'g'ri keladi. Bular bola nutqini yangi so'zlar bilan bo-
yitadi, uning mantiqiy bog'liq ravishda grammatik jihatdan
to'g'ri shakllanishiga imkon beradi.
Bolalarni eng oddiy mehnat qurollari,
materiallarga ishlov
berish usullari bilan tanishtirish kerak. MTMdagi mehnat ular
ni maktabdagi politexnik ta'limga tayyorlaydi.
Mehnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qancha-
lik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Mehnat har bir
bolani o'z mehnatining ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishga,
uning jamiyat hayotiga kirib borishiga, o'zini shu jamiyatning
a'zosi deb his etishiga imkon yaratadi.
Har bir bola oilada, bolalar mehnatida o'z ulushi borligini his
eta bilishi lozim. Ishning shu tarzda
tashkil etilishi bolalarda
jamoachilik va intizomlilikni, burch hissini tarbiyalaydi. Shu
ning uchun bolalarni jamoa mehnatida tarbiyalash muhim aha-
miyat kasb etadi.
Mehnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi
ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol ang-
lay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoniyati
yaratiladi.
Maktabgacha yoshdan boshlab
bolalarga mehnat tarbiyasi
berish ularni estetik va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: