N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasalarida



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

251


Maktabgacha ta'lim muassasalarida
iqtisodiy tarbiyani tashkil etish
Kelajagimiz bo'lgan barkamol avlod jamiyatning ishlab 
chiqarish, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida 
qatnasha olish uchun mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik, 
farovonlik bo'lishi zarur.
Ijtimoiy farovonlik - bu iqtisodiy ijtimoiylikning umumiy 
shart-sharoiti va turmush tarzini bildiradi. Farovonlik iste'mol 
bilan cheklanmay, hayot kechirishning naqadar qulayligini 
ham talab qiladi. Hamma narsa yetarli bo'la turib turmush 
tahlikasi bo'lsa farovonlik ta'minlanmaydi.
Ijtimoiy farovonlikning muhim tomoni aholining savodxon- 
lik darajasidir. Bu o'qish yoshidagilarning qancha qismi amalda 
o'kishi, har bir kishining o'rtacha necha yil ta'lim olishi, 
ishlaydiganlarning qanchasi savodxon bo'lishini bildiradi. 
Farovonlik ko'rsatkichi sifatida aholi jon boshiga ta'lim -
tarbiya xarajatlari, kommunal xizmatlar, toza ichimlik suvi, 
gaz, elektroenergiya, kanalizatsiya va boshqa xizmatlardan 
foydalanish kiradi.
Davlatimiznmg maqsadi - milliy iqtisodiyotning barqaror 
o'sishi va shu asosda xalq farovonligini ta'minlashdir.
Demak, farovonlik bo'lgan joyda iqtisodiyot tez sur'atlar 
bilan rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ilk iqtisodiy 
bilimlar berish asosan o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, 
ularning mantiqiy fikrlash doiralarini o'stirish, ishbilarmonlik, 
tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon 
hisoblanadi.
O'rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish 
quyidagi bilimlar:
1-Inson va uning ehtiyojlari;
2-Inson va iqtisod;
252


3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida 
tashkil etiladi.
I bo'Iimda Inson va uning ehtiyojlari haqida tushuncha 
berishda, Inson uchun zarur bo'lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim- 
kechak, oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida (suvni, 
vaqtni tejash), maktabgacha ta'lim muassasalaridagi va uydagi 
jihozlardan (o'yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan 
munosabatda bo'lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali 
vaqt tejash haqida tushunchalar beriladi.
Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum 
va xomashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro'zg'or 
buyumlari (ko'rpa-to'shak, ko'rpacha, yostiq, choyshab, idish- 
tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, 
ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va 
kengaytirishadi.Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi, suv, havo, 
yer to'g'risida tasavvurlari shakllantiriladi. Vaqtni chamalash 
va bolalarning vaqtni ifodalovchi kun-tun kabi so'zlarni 
nutqda to'g'ri qo'Ilashga o'rgatish asosida vaqt haqida 
tasavvurlari mustahkamlanadi. Shuningdek, sutka qismlari 
(kechasi, kunduzi, ertalab, kechqurun, bugun, kecha, ertaga) 
tushunchalarini farqlash va to'g'ri qo'llay olishga, harakat 
tarzini ifodalashga (tez, sekin) o'rgatiladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Non va suv 
biz uchun aziz", "Uy-ro'zg'or buyumlari", "Oshxona buyumlari” 
kabi mavzularda suhbatlar o'tkaziladi.
II bo'Iimda inson va iqtisod haqida tushuncha berishda 
mehnat inson hayotidagi asosiy faoliyat ekanligi, kattalar 
mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash, o'zbek 
xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, deh- 
qon mehnati haqida qisqacha ma'lumot beradi. Bolalar o'z 
tarbiyachisi, enaga, oshpaz, haydovchi, bog'bon mehnati bilan 
tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat 
hissi shakllantiriladi. Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot 
bo'lib, tejamkorona munosabatda bo'lishga tarbiyalanadi. 
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida quyidagi:
253


"Duradgor mehnatini kuzatish", "Dehqonlar mehnati haqida", 
"Haydovchi mehnati haqida", "Bog'bon", "Oshpaz", "Quruvchi” 
mehnati haqida suhbatlar o'tkaziladi. Bolalar xo'jalik mehnat 
qurollari bilan yaqindan tanishtiriladi.
III. Pul-mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash bo'limida 
bolalarga bozor, uning turlari, sotuvchi, xaridor, bozorda 
oldi-sotdi ishlarini amalga oshiruychi vosita - pul to'g'risida 
tushuncha beriladi. Milliy pul, uning turlari, vazifalari haqida 
bolalarga iqtisodiy bilim beriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish 
mashg'ulotlarida: "Do'kon” ta'limiy o'yini, oziq-ovqat do'koniga 
sayr o'tkaziladi.
Katta guruhda quyidagi:
-Inson va uning hayotiy ehtiyojlari;
- Inson va iqtisodiyot;
- Pul, narx mahsulotlari sotib olish va ayirboshlash;
- Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limlar asosida iqti­
sodiy bilim beriladi, bolalarga iqtisodiy ongni shakllantirish, 
mustaqil fikr yurita olish, puldan to'g'ri foydalana olish, pul 
qiymati, milliy valyutamiz, davlatimiz rivojidagi kuchi, xizmati 
haqida tushuncha beriladi.
I bo'limda insonlarning tabiiy ehtiyojlari (ichimlik suvi, 
yerga o'simlik va hayvonotlar dunyosi) va imkoniyatlari, 
moddiy ma'naviyat ehtiyoji va uni qondirish usullari, vaqtni 
tejash, undan unumli foydalana olish, suvning inson hayoti 
uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik, uni asrash 
bizning burchimiz ekanligi, quyosh, oy harakatlari haqida 
tushuncha beriladi.
Insonlarning transport va aloqa vositalariga bo'lgan ehtiyoji 
haqida tushuncha beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida "Aloqa 
vositalari", "Havo" transporti haqida suhbatlar o'tkazib, yengil 
transport turlari harakati kuzatiladi va kompyuter bilan 
yaqindan tanishtiriladi.
II bo'limida Inson va iqtisodiyot-Inson shaxsi, unga zarur 
bo'lgan sog'lom muhit, sog'liqni saqlash, kattalar mehnati,
254


ularning dam olishlari uchun davlatimiz tomonidan qilinayot- 
gan g'amxo'rliklar haqida tushuncha beriladi. Maktabgacha 
ta'lim muassasasi shifokori va, hamshirasi mehnati bilan ta- 
nishtirilib, bolalar sog'lig'i uchun barcha sharoitlar mavjudligi, 
fitobarlar tashkil etilganligi, basseyn va sog'lomlashtiruvchi 
jihozlarning bolalar uchun, ularning sog'lom o'sishlari uchun 
yaratilganligi tushuntiriladi. Buning uchun quyidagi "Shaxsiy 
gigiyena", “VitaminlarV'Salomatlik-tuman boylik", "Sog' tan- 
da - sog'lom aql” mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.
III bo'limda Tovarni ishlab chiqarish, ularning turlari, pul, 
uning turlari, insonlar uchun pulning zaruriyati, mahsulotlarni 
sotish va sotib olish, savdo turlari - chakana, ulgurji savdo, 
mahsulotlarning narxi va uning nimaga bog'liqligi, arzon va 
qimmatbaho mahsulotlar haqida tushuncha beriladi. Bular, 
dastavval, ishlab chiqaruvchi kim? Tadbirkor, ishbilarmon, 
biznesmen kabi tovar egalari haqida, “pul" - nima, milliy 
valyutamiz haqida to'liq ma’lumot beriladi. Bozor haqidagi 
tushunchalarni kengaytirib borish, bozordagi oldi-sotdi, tovar 
ayirboshlash naqd pul, narx, "tannarx", "foyda", "zarar", ishlab 
chiqarish shakllari to'g'risida to'liq ma'lumot beriladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida: “Pul nima?", 
“Pulni saqlash”, "Oziq-ovqat do'koniga sayr" tashkil etiladi.
IV Ishlab chiqarish, mehnat faoliyati bo'limida mehnat 
insonlarning asosiy faoliyati ekanligi, mehnat turlari, 
ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, bog'bon, pillakor, 
chorvachilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish, mebel, 
avtomobil, televizor, chinni, nonvoyxona korxonalari, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot turlari, mehnat quroli va asboblari 
haqidagi bilimlarini takomillashtirish, ular ishlab chiqara- 
yotgan mahsulotlari mamlakat aholisi uchun ahamiyati haqida 
ma'lumot beriladi.
Korxona, tashkilotlar va ularning turlari haqida korxona 
moliyaviy ta'minoti, ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan, 
ashyolar firma haqida tushuncha shakllantiriladi. Mehnat 
turlaridan aqliy va jismoniy mehnat soha vakillarining tomo-
255


nidan yaratilayotgan moddiy va ma'naviy ne'matlar tushun- 
tiriladi. Atrof-olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarida tikuvchi 
mehnatlari va xo'jalik mehnat qurollari (ketmon, Shifokor 
belkurak, chelak, tesha) bilan yaqindan tanishtiriladi.
Duradgor
Chorvador
Bog'bon
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy 
bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha kengaytirilib, 
bunda "mulk”, oila byudjeti, “bank", "import", "eksport" kabi 
tushunchalar berildi.
I bo'Iimda Inson va uning tabiiy ehtiyojlari bo'limiga "mulk" 
va uning turlari, insonlarning hayot kechirishlari uchun 
yaratilgan moddiy ehtiyojlardan oqilona tejamkorlik bilan 
foydalanish ko'nikma, malakalari takomillashtiriladi, turli 
vaziyatlarda o'zlarini boshqara olish va ulardan chiqa olish, 
mulkiy munosabatlarning uyg'unlashuvi, egalik qilish, sotish, 
ijaraga qo'yish, to'lov evaziga mulkdan vaqtinchalik foydala­
nish va mulkni boshqarish iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda 
ekspert va importning roli haqida ma'lumot beradi.
II bo'Iimda Iqtisodiy resurslar ya'ni moddiy, mehnat va 
informatsion axborot resurslari va ulardan tejamkorlik bilan 
foydalanish, inson mehnati bilan yaratilgan barcha moddiy, 
ma'naviy resurslari ishbilarmonlik bilan boshqara olish va 
uni reklama qila olishning ahamiyati haqidagi tasavvurlari 
kengaytiriladi.
III bo'Iimda Pul, narx, mahsulotlarni sotib olish va 
ayirboshlashda: bozor va uning turlari (kiyim-kechak, oziq- 
ovqat, mashina, mol, dehqon, yoyma bozorlar va ularning 
faoliyati) haqida, narxning paydo bo'lishi, biror narsani sotib 
olish ustida fikr yuritish, kerakli tovar haqida ma'lumot -
axborotlar olish, oila va uning daromadi, oilada turmush 
tarzini o'zgartirish, oila va aholining xarid qilish qobiliyati 
baho-narx-navo daromadidan kelib chiqishi, iqtisodiy sharoit, 
tabiiy omillar, ilmiy-texnika taraqqiyoti, madaniy omillarning
256


insonlarning dunyoqarashiga ta'siri, korxonalarning tashqi 
iqtisodiy aloqalari, ularning olib boradigan tashqi iqtisodiy 
operatsiyalari bu eksport bo'lib hisoblanishi, korxonalar 
tomonidan xorijiy mamlakatlarga xomashyo, tayyor tovarni 
yetkazib berishi ekanligi haqida.
Import - har bir korxona tomonidan ichki iste'mol bozorida 
bo'lmagan tovarlarni chetda xarid qilishga asoslanadi. Bank, 
plastik kartochka va uning turlari, qimmatbaho qog'ozlar 
faoliyatida haqida tushuncha beriladi.
IV 
boTimda Ishlab chiqarish va uning turlari, ishlab 
chiqarish va mehnat jarayoni: yer, ishchi kuchi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi 
moddiy xomashyo 
omillari, 
tadbirkorlik 
manbalari, mahsulot va buyumlar, turli mahsulotlarni ishlab 
chiqarish texnologiyasi (inson hayot kechirishi uchun zarur 
bo'lgan mahsulot va tovarlar); qurilish mollari va jihozlari, 
imkoniyatlardan 
foydalanish 
samaradorligini 
oshirish 
yo'llari, ishlab chiqarish va ta’limot, ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarni uy-ro'zg'orga kerakli mahsulotlar, texnika 
asboblari, mashinalar, matolar, ip, ipak tolalari, o'quv qurollari 
va kitoblar, dehqonlar, chorvadorlar, bog'bonlar, paxtakorlar, 
xalq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblangan qurilish 
ashyolari, o'yinchoqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan 
tanishtirish.Buning uchun atrof-olam bilan mashg'ulotlarida 
quyidagi mavzularda: “Ishlash uchun kimga nima kerak?", 
"Bog'bon-bog'bon", 
“Nimaning 
o'rni 
o'zgardi" 
o'yinlar, 
"Tejamkorlik yaxshi odat”, "Pul nima?” "Bozor turlari”, 
"O'yinchoqlar va ularning yaratilishi”, "Bank nima”, "Do'kon 
turlari", "Nima qayerda ishlab chiqiladi?", "Ishlab chiqarish va 
uning turlari” mavzularida suhbatlar o'tkaziladi.
Biz yuqorida "oila daromadi", "Oila farovonligi”, "oila 
ehtiyojlari" kabi iboralarni qo'lladik. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirishda oila ham 
muhim rol o'ynaydi.
Xonadonning maqsadi - o'z iste'molini yuqori darajaga 
ko'targan holda kelajakni ta’minlash uchun jamg'arma hosil
257


etishdir. Buning uchun oila a'zolarining moddiy-ma'naviy 
ehtiyojlari jamlangan mablag'ni maqsadli sarflash asosida" 
oila jamg'armasi”ni yaratish lozimdir.
Oilada tadbirkorlik faoliyati "Milliy hunarmandchilik 
do'konlari", "Badiiy dekorativ ashyolar" qurilish detallari, 
uy va qishloq xo'jalik asboblari, bolalar o'yinchoqlari, milliy 
xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari (qandolatchilik, konditer 
mahsulotlari, turli xildagi yormalar, pishiriqlar va hokazo} 
ishlab chiqarish sohalari keng tarqalgan. Oila a'zolarining 
iqtisodiy ongi, iqtisoiy ko'nikma, malakalarining o'sib 
borishi maktabgacha yoshdagi bolalarning dunyoqarashi, 
tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oiladagi bola tarbiyasi tashqi sharoitlar: uy-ro'zg'or 
madaniyati, umummadaniy, gigiyenik va estetik talablarga 
rioya qilinishi ham ta'sir ko'rsatadi. Har qaysi oilada bolaning 
to'g'ri rivojlanishi uchun o'yin va mashg'ulotlar uchun joy 
ajratilishi, o'zining karovoti, sochig'i, idish-tovog'i, ustki va 
oyoq kiyimlarini toza va ozoda, tartibli saqlashlari, o'yinchoq, 
kitoblar va boshqa jihozlar tejamkorona munosabatda bo'lishi 
kerak. Oilada iqtisodiy mulk, oila mulkiga nisabatan to'g'ri 
munosabat asoslari shu tariqa tarkib toptiriladi. Oilada pul 
mablag'larini shakllantirish, sarflarni har bir oila a'zolarining 
ehtiyojlari va umumiy ehtiyoji (gaz, elektr, isitish, suv, soliq 
va boshqalar)larning hisobiga oqillik bilan rivojlantirish 
uyushganlik va tartibga o'rgatadi, turmush madaniyatini 
oshiradi. Oila byudjetida hisobga olishning yo'qligi, oldindan 
ko'ra bilmaslik, uy xo'jaligini uyushtira bilmaslikka olib 
keladi. Oilada bolalarni amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish, 
ularga vaqti-vaqtida va doimo topshiriqlar berish, o'yinchoq 
va kitoblarni yig'ishtirish, o'z o'rnini solish va yig'ishtirish, 
o'simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish, suv, gaz elektr 
energiyasi, pul, kiyim-kechak boshqa jihozlardan to'g'ri 
foydalanish, ortiqcha o'ylab ko'rishlikka o'rgatib boriladi.
Xulosa 
o'rnida, 
bolalarni 
iqtisodiy 
bilimlar 
bilan 
qurollantirish, ularning kelajagini ta'minlashdagi vosita 
hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin