Pul 3 ta asosiy funksiyani boshqaradi.
1 - hisob-kitob va iqtisodiy o'lchov funksiyasi
2 -
muomala vositasi
3 - jamg'arish vositasi
1994-yil 2-iyundan boshlab “O'zbekistonda milliy pul so'm
joriy etildi,
Milliy pul - bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi
va tanho to'lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Bunda nechta
mamlakat bo'Isa, shuncha milliy pullar bor, Ularning nomida
o'xshashlik bo'lsada, ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya,
Gonkong pullari
dollar bilan yuritiladi, lekin ular hamma
jihatdan farqlanadi. Milliy pullar turlicha bo'ladi. Ulardan biri
tovar shaklidagi puldir, ya’ni bu oltindir.
Qog'oz
pullar - davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi
yagona to'lov vositasi sifatida kiritiladi va bu tanga pulning
o'ziga yozib qo'yiladi. Qog'oz pullar kupyura shakliga ega. Ular
har xil qiymatli bo'lib chiqariladi. Masalan, O'zbekiston milliy
puli - so'mni olsak, 10, 25, 5 0 ,1 0 0 ,2 0 0 ,5 0 0 ,1 0 0 0 ,5 0 0 0 ,1 0 0 0 0
va 50000 so'mlik pullar shaklida chiqariladi.
Ular yirik va mayda pullarga ajraladi. Yirik pullar qog'oz
shaklida, mayda pullar tanga va chaqa shaklida chiqariladi.
Milliy
pul quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi:
- U mamlakatdagi yagona to'lov vositasi hisoblanadi.
- u himoya belgilariga ega [bu belgi 12 tagacha bo'ladi], uni
qalbakilashtirish qiyin bo'ladi.
- milliy pulning o'z ko'rinishi bor,
uni boshqa puldan
farqlantirib topib olish mumkin. Milliy pul chidamli bo'lib, uzoq
davrga qadar xizmat qila oladi. Pul o'z shakli jihatidan qog'oz,
tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala jihatidan
naqd va naqd bo'lmagan pullarga ajraladi.
Naqd pullar - bu aholi qo'lida aniq moddiy shaklidagi qog'oz
va tanga pullar bo'lib, u qo'ldan-qo'lga o'tib yuradi.
Bank - bu pul bozorda faoliyat yurituvchi moliyaviy
institutdir.
261
Biroq oldi-sotdi aloqalariga naqd bo'lmagan
pullar ham
xizmat qiladi. Bu - bankdagi ayrim kishilar, fermerlar yoki
davlat tashkilotlari nomiga yozilgan puldir. Aholi naqd pul
va bankdagi puldan tashqari
plastik kartochkalardan ham
foydalanadi. Biroq, ularning o'zini pul deb bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: