N. M. Kayumova


X BOB. IQTISODIY TARBIYA



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

244


X BOB. IQTISODIY TARBIYA
Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasi­
da mamlakat iqtisodiyotida tub o'zgarishlar ro'y berdi. 
Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojiantirish yo'lida 
o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan- 
vardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish
rivojiantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 1994-yil 15-mart- 
dagi O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- 
ning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida, “Kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rag'batlantirish” to'g'risidagi, shuningdek, 
2001—
yil 22-avgust, 2007-yiI 27-aprelda qabul qilingan qarorlar 
bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda ro'y berayotgan iqtisodiy o'zgarishlarni 
anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy 
ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini 
shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiya- 
chilar oldiga ulkan vazifalar qo'yiladi. Bulardan eng muhimi 
bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.
Xo'sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi? Uning muhim 
belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib yetish 
lozim.
Iqtisodiyot bu - kishilarning o'z hayotiy ehtiyojlarini qondi- 
rishga qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot - boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy 
faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit 
yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi.
Iqtisodiyot - kishilarning yashashi uchun zarur bo'lgan 
moddiy ashyolarni yaratish va iste'molchiga yetkazib, hayot 
kechirishni kafolatlaydi.
245


Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita.
Shu o'rinda ehtiyojning o'zi nima ekanligini anglab olish 
zarur.
Ehtiyojlar - insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi 
hamda jamiyatda ma'lum mavqega ega bo'lish uchun zarur 
bo'lgan turli-tuman noz-ne'matlar, ya'ni barcha mahsulot va 
xizmatlarning majmuasidir.
Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Moddiy-mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar bunga oziq- 
ovqat, kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, 
aloqa, kommunikatsiya va boshqalar.
2. Turli xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Ya'ni, ta'lim, tibbiy 
xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, 
madaniy-ma’rifiy xizmatlarni o'z ichiga qamrab olgan ijtimoiy 
ehtiyoj dir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning 
talab va istaklari asosida namoyon bo'Iadi.
Bola ehtiyoji:
- to'laqonli xohishi bo'yicha ovqatlanishga bo'lgan ehtiyoj
- ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o'z xohishi bilan 
sarflash
- dam olish, sayohatga chiqish
- shaxsiy o'yinchoqlar, kompyuter
- shaxsiy o'rin-joy
Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga 
o'rgatiladi. Bolalarga har qanday talab - bu huquqiy masuliyat 
deb qaralishini tushuntirish zarur.
Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji 
to'xtovsiz o'sib borishi haqida ma'lumot beriladi.
Masalan, 
ta'lim 
xizmatlariga 
bo'lgan 
ehtiyoj 
turli 
yo'nalishdagi o'quv markazlari, chet tillarni o'rganishga 
bo'lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar 
ehtiyojlarining o'rin almashinuvi, muloqot yangi ehtiyojlarning 
paydo bo'lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko'payishi kuzatiladi.
246


Iqtisodiyot hech narsa yo'q yerda bo'lishi mumkin emas. Bu 
albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali amalga 
oshiriladi.
Iqtisodiy resurslar:
1) Moddiy resurslar
2) Mehnat resurslari
3} Informatsion axborot resurslar
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan 
tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti 
boyliklari bularningbarchasi tabiat ne'matlari ekanligi, ulardan 
oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy 
jihatlari, ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o'lkamizdagi barcha 
boyliklarni asrab-avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat, 
matematika, nutq o'stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda 
o'rgatib boriladi.
Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va 
mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar 
ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari 
ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat 
qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo'jaligidagi 
kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari 
bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni tashkil etishda, 
albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig'ilar, shularga tayanib, 
kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot- 
informatsion resurs jarayoniga kiradi.
Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar 
haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy 
tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi va mamlakat 
iqtisodiyotini ko'tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol 
qatnashishi zarurligini ta'kidlagan holda maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi o'z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish- 
ning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma'lumotlar 
berish orqali iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va 
ularni iqtisodiy faoliyatga yo'naltirishdir.
247


Shuningdek, miiliy iqtisodiyotimizning barqaror o'sishida 
kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo'yadi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustu- 
vor hisoblanadi:
1. Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlan­
tirish tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali 
ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish;
2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o'z kundalik 
faoliyatlarida ongli ravishda qo'llay olish malakalarini shakl­
lantirish:
3. Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira 
borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish 
va umumlashtirish ko'nikmalarini tarkib toptirish;
4. O'qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan 
foydalanish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi 
“Jamiyatning iqtisodiy negizlari"ga bag'ishlangan bo'lib, unda: 
bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga 
olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini 
barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy 
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan 
hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir" deyiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin