N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

258


Maktabgacha ta'lim muassasalarida iqtisodiy
tarbiya berishning nazariy asoslari
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 
19.09.2013-yil 302-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Maktab­
gacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablari" da maktabgacha 
yoshdagi bolalarni ilk iqtisodiy tushunchalar bilan tanishtirish 
vazifalari belgilab berildi. Bunga asosan 5 yoshdan 7 yoshgacha 
bo'lgan bolalarga bozor, sotuvchi, xaridor, bank, banker, pul 
qiymatlari, plastik kartochka, terminal haqida dastlabki 
tushunchalar berish ko'rsatib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilimlarni 
berishda dastavval tarbiyachi-pedagog iqtisodiyotga oid 
ma'lum bilimi va maTumotlar bilan qurollangan bo'lmog'i 
zarur.
Tarbiyachi-pedagog quyidagi nazariy bilimlarni bilishlari 
zarur:
- Iqtisodiyotning inson hayotida tutgan o'rni va uning 
rivojlanish tamoyillari va nazariy asoslarini;
- zaruriy hayotiy ehtiyojlar va bolalar faoliyatida oqilona 
qo'Ilay olish;
- bolalarga iqtisodiy bilim berish orqali iqtisodiy ong, 
iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash zarur.
Iqtisodiy tushunchalardan bo'lgan bozor tushunchasi bilan 
tanishtirishda tarbiyachi bolalarga "bozor" haqida ma'lumot 
beradi.
Bozor 
- bu xaridor bilan sotuvchilar o'rtasidagi iqtisodiy 
aloqalar, ularni bir-biri bilan bog'laydigan mexanizmdir. 
Bozorga tovar egasi sotish uchun, xaridor narsa sotib olish 
uchun chiqadi.
Bozordagi sotuvchi va xaridorlar kimlar?
Sotuvchilar 
- bu tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
fermalar, fermer xo'jaliklari, yakka tartibda ishlab chiqaruvchi 
kishilardir.
Xaridor esa 
barcha aholi, davlat idoralari va iste'molchilar- 
dir.
259


Bozorda tovarlarni pul vositasida ayirboshlash ya'ni 
oldi-sotdi munosabatlari paydo bo'Iadi. Bir tovar pulga 
ayirboshlansa, shu pulga boshqa narsa sotib olinadi. Ya'ni, 
bog'bon o'z yetishtirgan ho'l meva mahsulotlarini sotib, o'rniga 
o'ziga kerakli mahsulot sotib oladi.
Bunda: tovar pulga sotiladi, yana boshqa tovar sotib olinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga bozor turlari va asosiy 
vazifalari haqida ma'lumot beriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin