7)
har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirish-
ning rag'batlantirilishi;
8} ta'lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o'zaro
uyg'unligi.
Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va
nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartish
va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib
boriladi. Barcha bo'g'in ta'lim boshqaruv organlarining
huquq va vakolatlari «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq
belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining
me'yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning
moliya xo'jalik ishlarini to'g'ri va oqilona yuritishni, ta'lim ja
rayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining mustaqil faoliyat
482
ko'rsatishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiya
qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra, ularga ta'lim
sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari,
tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar
va homiylar vakillarini o'z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv
kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali
jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda
ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining
ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida
yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam
huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim
to'g'risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha
ta'limga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimining asosiy maqsadi
- bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy
va aqliy jihatdan sog'lom va yetuk bo'lib voyaga yetishini
ta'minlash, ta'limning keyingi bosqichi - o'rta maktabda
o'qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg'otishdan
iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta'lim olti-
yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim
muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan*
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham
komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar
asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga
tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini
qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan
barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish,
uni milliy an'ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz
qoldirgan ulkan ma'naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi
483
tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan
holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta'lim
muassasalari, oila va ota-onalarning o'zaro munosabatlarini
uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
Shu ma'noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandla-
rimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma'naviy jihatdan
tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi»
ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi
vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya
mazmunini takomillashtirish va boyitish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv
havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil
etish;
- bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or
tajribani o'rganish va ommalashtirish;
- mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq
milliy o'yinlari asosida tashkil etish va o'tkazish;
- bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va
mustahkamlash,
sog'lomlashtirish va
chiniqtirish
mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:
«Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun (Т.: 1997].
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.: 1997].
«Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida»gi Nizom (Т.:
2017].
«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (Т.; 2008;
2011
].
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan
davlat talablari (T,: 2018].
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq,
farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, boshqa direktiv va
me'yoriy hujjatlar.
«Ilkqadam» o'quv dasturi (Т.: 2018].
484
FSMU TEXNOLOGIYASI
Dostları ilə paylaş: |