477
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim
tizimini rivojlantirish tamoyillari
va asosiy yo'nalishlari
Mustaqillik
yillarida
mamlakatimizda
O'zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va
jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va
isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning
dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning
zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib:
«Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha
tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur.
Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv das turlari yaratilishi
darkor», deya ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu
fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab
qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi,
butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos
sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab,
o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda
isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda
tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil
Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston
taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi.
Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q
uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki
bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining
har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga
chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan
ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish
uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari
bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish
478
bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga
sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va
qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim
o'rin tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining qonu-
niy asoslari «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadr
lar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha
ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (2008/ 2011), Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat
maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017),
"Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida NIZOM"
«Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha
ta'lim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta'lim
muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'lim-
tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab
berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har
bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini
aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini
oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017-
yil
19-iyuldagi
528-sonli
qaroriga
binoan
«Jismoniy
yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi
to'g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi
bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rin-
larda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb
ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish,
moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim
muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslash
tirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish,
korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni
olib boruvchi muassasa hisoblanadi,
479
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash,
nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab
ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar
ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
ta'lim
muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda
ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha
ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish
ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim-
tarbiya olishlariniva korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
- korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan,
individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari
shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim-
tarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni
bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni
tashkillashtirish;
- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'limiga sifatli
tayyorlash.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga
muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi
akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi.
"Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining
sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida
NIZOM"da maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuv
chilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish
tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,
barcha turdagi maktabgacha taTim muassasalariga nisbatan
tatbiq etiladi.
480
Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni
tashkil
etish
maktabgacha
ta'lim
muassasalarining
oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi)
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida
bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga
alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha
ta'lim va Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab
chiqilgan «Maktabgacha ta'lim muassasalarida bola hayoti
va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g'risida»gi Nizomda
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish
tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda
sog'liqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar
bayon etilgan.
O'zbekistonda
maktabgacha
ta'lim
muassasalarining
zamonaviy tizimi:
> Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim muassasasi
(bolalar bog'chasi - maktab];
> bir necha ustuvor yo'nalishda faoliyat yurituvchi
maktabgacha ta'lim (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va
sport yo'nalishlari va h.k];
> Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og'ishlarni
kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar
bog'chasi;
> tibbiy-gigiyenik,
profilaktik
va
sog'lomlashtirish
tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu~ rish
va ularning sog'lig'ini tiklashga yo'naltirilgan bolalar
bog'chasi;
> birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan
turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va
rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda
kiradi]
481
Ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad
hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya
tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg'armalar, shuningdek,
tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta'lim
muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka
binoan o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida
olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ta'lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga
ega ekani;
2) ta limning uzluksizligi va izchilligi;
3)o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim yo'nalishini akademik
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning
ixtiyoriyligi;
4) ta'lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta'lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga
ega ekani;
6) ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondashuv;
Dostları ilə paylaş: |