473
4-BO'LIM. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI
TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
XVIII BOB. Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish
vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati
va ta'lim tizimida tutgan o'rni
Maktabgacha ta’lim - bolalarning individual va yosh
xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini
inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual,
ijtimoiy-axloqiy
va
ruhiy
rivojlanishini
ta'minlovchi,
shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi,
har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich
bo'g'ini
sifatida
O'zbekiston
Respublikasining
«Ta'lim
to'g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablari asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha
ta’ limga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari,
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi
o'rinlarda bolalar deb ataladi] jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga
xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq,
o'qish va chet tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi
bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini
ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni
tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedago
gik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam
ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam
beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6 -7 yoshga yetguncha oilada
474
hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |