N. M. Kayumova


4-BO'LIM. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

473


4-BO'LIM. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARINI
TASHKIL ETISH VA UNGA RAHBARLIK QILISH
XVIII BOB. Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish
vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Maktabgacha ta'limning mazmun-mohiyati
va ta'lim tizimida tutgan o'rni
Maktabgacha ta’lim - bolalarning individual va yosh 
xususiyatlarini, qiziqishi, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini 
inobatga olgan holda, bola shaxsining jismoniy, intellektual, 
ijtimoiy-axloqiy 
va 
ruhiy 
rivojlanishini 
ta'minlovchi, 
shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi, 
har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich 
bo'g'ini 
sifatida 
O'zbekiston 
Respublikasining 
«Ta'lim 
to'g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
talablari asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi maktabgacha 
ta’ limga qo'yiladigan davlat talablari, ta'lim-tarbiya dasturlari, 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 
talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi 
o'rinlarda bolalar deb ataladi] jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga 
xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, 
o'qish va chet tillarni o'rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi 
bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini 
ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni 
tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedago­
gik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam 
ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam 
beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6 -7 yoshga yetguncha oilada
474


hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 
amalga oshiriladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin