Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini
rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab
etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-
fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari»ni hamda
u asosida yaratilgan ta'lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi
kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda
taqsimlashga yordam beradi hamda taTim-tarbiya berish va
tarbiyalashning usullarini oldindan
o'ylab
olish, maqsadni
aniqroq ko'rish imkonini beradi. Reja bo'lsa, tarbiyachi bugun
nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo'llanmalardan
foydalanishni biladi.
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi.
Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash
uchun beriladi, oylik ish reja daftarida, avvalo, haftalik
mashg'ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har
o'n besh kunga mo'ljallangan badantarbiya mashqlari, ota-
onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi
ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat, mashg'ulot,
sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to'liq yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: