qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar
ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar
navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi
mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik
vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va
usullarni ko'rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil
qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur
jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi,
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim
sanalar va hodisalar bilan boliq bayramlar, maktabgacha
ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal
hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va
umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida
bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning
muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada
muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks
ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida
pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va
maktabgacha
ta'lim
muassasasining
bolalarga
ta’sir
ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim-
tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada
tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va
tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha
ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi
tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari
quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq
eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari
bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova
etamiz.
Dostları ilə paylaş: