N. M. Kayumova


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

477


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim
tizimini rivojlantirish tamoyillari
va asosiy yo'nalishlari
Mustaqillik 
yillarida 
mamlakatimizda 
O'zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va 
jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va 
isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning 
dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning 
zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: 
«Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha 
tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. 
Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv das turlari yaratilishi 
darkor», deya ta'kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu 
fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab 
qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi
butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos 
sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, 
o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda 
isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda 
tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil 
Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston 
taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. 
Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q 
uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki 
bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining 
har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga 
chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan 
ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish 
uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari 
bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish
478


bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga 
sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va 
qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim 
o'rin tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining qonu- 
niy asoslari «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadr 
lar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha 
ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya (2008/ 2011), Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017), 
"Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida NIZOM" 
«Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha 
ta'lim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta'lim 
muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'lim- 
tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab 
berilgan bo'lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har 
bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini 
aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini 
oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- 
yil 
19-iyuldagi 
528-sonli 
qaroriga 
binoan 
«Jismoniy 
yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi 
to'g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki 
psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi 
bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan 
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rin- 
larda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb 
ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, 
moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim 
muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslash­
tirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, 
korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni 
olib boruvchi muassasa hisoblanadi,
479


Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan 
bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, 
nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab 
ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish 
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar 
ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda 
ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish 
ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim- 
tarbiya olishlariniva korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
- korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, 
individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari 
shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim- 
tarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni 
bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni 
tashkillashtirish;
- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'limiga sifatli 
tayyorlash.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga 
muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi 
akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi 
tomonidan amalga oshiriladi.
"Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining 
sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida 
NIZOM"da maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuv­
chilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish 
tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, 
barcha turdagi maktabgacha taTim muassasalariga nisbatan 
tatbiq etiladi.
480


Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni 
tashkil 
etish 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarining 
oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 
muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida 
bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga 
alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha 
ta'lim va Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab 
chiqilgan «Maktabgacha ta'lim muassasalarida bola hayoti 
va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g'risida»gi Nizomda 
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish 
tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda 
sog'liqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar 
bayon etilgan.
O'zbekistonda 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarining 
zamonaviy tizimi:
> Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim muassasasi 
(bolalar bog'chasi - maktab];
> bir necha ustuvor yo'nalishda faoliyat yurituvchi 
maktabgacha ta'lim (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va 
sport yo'nalishlari va h.k];
> Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og'ishlarni 
kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar 
bog'chasi;
> tibbiy-gigiyenik, 
profilaktik 
va 
sog'lomlashtirish 
tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu~ rish 
va ularning sog'lig'ini tiklashga yo'naltirilgan bolalar 
bog'chasi;
> birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan 
turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va 
rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda 
kiradi]
481


Ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad 
hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya 
tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg'armalar, shuningdek
tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta'lim 
muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka 
binoan o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida 
olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ta'lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga 
ega ekani;
2) ta limning uzluksizligi va izchilligi;
3)o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim yo'nalishini akademik 
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning 
ixtiyoriyligi;
4) ta'lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta'lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga 
ega ekani;
6) ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan 
yondashuv;

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin