Ijtimoiy m aktabgacha ta ’lim bu - davlat tom onidan tashkil
etiladigan m uassasa bo'lib, unda m aktab- gacha ta'lim yoshidagi
bolalarga ta'lim -tarbiya beriladi.
Maktabgacha ta'limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol
topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga
intilish hissini
uyg'otadi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha
ta'lim bola 6 -7 yoshga yetgunicha
davlat va nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilada amalga
oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga
chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro
fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta'limni rivojiantirish uchun quyidagi ustuvor
vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tay
yorlash;
- maktabgacha ta'limning samarali
psixologik-pedagogik
uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashning tashkiliy,
psixologik,
pedagogik va uslubiy zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar,
texnik vositalar, o'yinchoqdar va o'yinlar
yaratish hamda
ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
- bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari uchun
muqobil
dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha
malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;
- maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish
muassasalari
tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish texnolo-
giyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Dostları ilə paylaş: