N. M. Kayumova


o 'ym ga  qancha  soat ajratiladi? a) 1 soat b) 45 daqiqa  v) 30 daqiqa  g) 50 daqiqa 454



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

o 'ym ga 
qancha 
soat ajratiladi?
a) 1 soat
b) 45 daqiqa 
v) 30 daqiqa 
g) 50 daqiqa
454


XVII BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA
TA'LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA
HISOBGA OLISH
Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni 
rejalashtirish 
pedagoglar, 
tarbiyachi-metodist, 
mudira 
faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, 
foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, 
ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi
izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi 
ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, 
bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar
muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy 
qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan 
tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar ham­
da harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga 
oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. 
Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassasasi 
ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish 
vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi,
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: 
bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini 
aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini 
va usullarini tanlashga, bolala^hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik 
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan 
foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishla­
rini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning 
ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni,
455


ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va 
usullarini bilishni taqozo etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin