N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

449


O'rta guruh 
xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish 
xonasiga ega bo'lishi kerak.
Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak. 
Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoq bilan o'ynash uchun hamma 
kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin 
bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan 
o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida 
bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari 
uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti 
bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida 
tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga 
yaqinroqda joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari 
va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonch alar dan yashil, manzarali 
o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport ermak 
o'yinlari uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh. 
O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos 
holda, o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida 
yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga 
tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. 
Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli 
materiallar ular bemalol foydalana oladigan qilib joylashtirilishi 
kerak (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, 
tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan 
shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat 
bilan mustaqil shug'ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat 
burchaklari bo'lishi kerak, Bulardan tashqari bolalar bemalol, 
erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo'sh joy bo'lishi zarur. 
Maydonchada sport o'yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib 
chiqish, irg'itish uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o'yinlar 
uchun o'yinchoqlar ham bo'ladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin