N. M. Kayumova


example, children need to develop more than verbal counting skills and



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

example, children need to develop more than verbal counting skills and
number recognition. They need to grasp “quantity” Similarly, emergent
literacy requires not just that children recognize letters, but that they
grasp the concept of “representation” involved in written words and
illustrations. Because the preschool years are a time when children are
rapidly developing skills and acquiring new knowledge, the importance
of concepts can be overlooked. Curricula can be judged on the extent to
which they promote learning of concepts as well as information and skills.
Fundamental va qo‘shimcha olinayotgan bilitn, o‘quv mashqlari
samaradorli bo‘lishi uchun ikkala bilimni rivojiantirish zarur, bilim
va o‘quv mashqlari konseptual tushunchani ishlatishga ko‘maklashadi.
Maktabgacha ta’limda juda e'tibor bilan yondashish zarur. Misol
uchun, matematikada nafaqat hisob-kitobni rgatish, balki sonlarni
taniy olish xususiyatini ham rivojiantirish zarur. Ular miqdorini ham
tushunishlari shart. Huddi shunday yozishda ham bolalar nafaqat
harflarni taniy olishlik, balki so‘zlar nima ma’noni anglatishini,
xatda nima yozilganligi haqida ham bilishlari zarur. Maktabgacha
bo‘lgan yoshda bolalar bilim darajasi tez rivojlana boshlaydi va yangi
narsalarni tez o‘zlashtira boshlaydi. Ayni bu paytda e'tiborsizlikka
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumotlarni qay tarzda tez va oson o‘ziga
singib olayotganliklarini biografik jihatdan bilib olish mumkin.
Pedagogy in early childhood education and care (EC EC ): an
international comparative study of approaches and policies Research
brief July 2015
Bolalar faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga
oshirish va rahbarlik qilish
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga 
qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishiningtashkiliyshakllari, 
bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg'ulotlarda ta'lim 
berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil 
faoliyatlari, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan 
tanishtirish orqali, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar o'tkazish, 
gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
442


Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri 
tashkil etishga bog'liq.
MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat 
kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, 
mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta’lim 
va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi 
hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod 
o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat
musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka 
va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab 
olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar MTM 
dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy 
rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda 
muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish 
didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos 
xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, 
mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkazi- 
ladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha 
davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga 
asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzib
443


oladi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan 
ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga 
oshirishga imkon yaratadi. Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda 
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni 
haftaga teng taqsimlash.
Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar 
qo'yiladi.
Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida 
bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlar- 
ga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
Kun davomida birinchi bo'lib bolalardan aqliy zo'r 
berishni ko'proq talab etadigan, kam harakatli mashg'ulotlar 
rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan 
tanishtirish, ona tili, matematika], Ikkinchi mashg'ulotga 
yengilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa 
mashg'uloti va shunga o'xshashlar rejalashtiriladi,
Kun 
davomida 
mashg'ulotlar 
quyidagicha 
tartibda 
almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili 
va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur 
materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
444


O'yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning 
jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida 
va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. O'yin bolaga quvonch bag'ishlaydi, ijobiy his va 
kechinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. 
O'yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir 
ko'rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o'yiniga rahbarlik 
qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari 
ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg'otishlari kerak.
Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning 
tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi bilimlarini boyitadi (bu 
orqali o'yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning 
axloqiy hislarini, o'zaro ijobiy munosabati va odatlarini 
tarbiyalaydi. O'yindan bolalardagi o'zaro o'rtoqlik, do'stlik, bir- 
biriga yordam ko'rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar 
hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi.
Bolalarning o'yin bilan shug'ullanishi va mehnat qilishlari 
uchun kerakli materiallar bilan ta'minlanadi, shu orqali bolalar 
o'yinining mehnat bilan uyg'unlashib ketishiga erishiladi.
Tarbiyachi 
bolalarning 
syujetli-rasmli 
o'yinlarining 
hamma xilini syujetli-rolli, qurilish drammalashtirilgan tabiiy 
materiallar bilan o'ynaydigan qilib tashkil etadi. Bolalarga 
o'yin harakatlarini o'rgatadi, tengdoshiari bilan bo'Iadigan 
munosabatlarda haqqoniylik prinsipiga rioya qilishni uqtiradi. 
Shu bilan birga u bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, 
faollik va boshqa xislatlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Ijodiy o'yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi 
va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya’ni mashg'ulotdan tashqari 
hamma vaqtda tashkil etilaveradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin