N. M. Kayumova


Running ikkinchi yarmini rejalashtirish



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Running ikkinchi yarmini rejalashtirish. 
Running 
ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi 
ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o'yin 
faoliyati rejalashtiriladi.
Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa, 
o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat, tayyorlovguruhida 
-1,5 soat ajratiladi.
Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina 
yoziladi]. Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, 
didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma 
o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda 
dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi.
Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini 
ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan 
atributlar yasashi ham mo'ljallanadi.
Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish 
mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov 
guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham 
rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal
465


men sizlarga nima o'qib bergan edim", deydi. Bolalar buni esga 
tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam 
berib turadi.
Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin 
faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari 
uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish 
va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining 
qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil 
etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- 
sharoit yaratadi.
Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar 
o'yiniga rahbarligi o'zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita 
rahbarlikka 
o'tadi, 
tarbiyachi 
bolalarning 
mustaqil 
faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari 
bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali 
o'yinlarni ham rejalashtiradi.
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, 
yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, 
kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik 
va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati 
rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni 
ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, 
sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish 
va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni 
o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini 
tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi 
yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli 
va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli 
obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin 
egallashi kerak.
Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan 
shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun 
davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan 
shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin