N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

1932-yil 
- Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyi- 
hasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog'chasi ishini tartibga solish- 
ga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va mazmun berishga yor­
dam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi 
ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasa­
sidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish ma- 
salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jis­
moniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi­
lan mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan­
tirish, savod chiqarish bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu­
rakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning 
yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni 
tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan 
edi.
1938-yil 
- Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun 
qo'llanma nashr etildi. Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi­
yalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravish­
da, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tar­
biyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- 
dashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari 
ham qo'llanmada o'z aksini topdi.
1 9 5 3 -yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv 
munosabat bilan qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar 
egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI 
- Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivoj­
lantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ular- 
ga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagi
90


qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini 
nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bola­
lar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasa­
si qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- 
yalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr 
etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha 
bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta'lim - tarbiya ishlari yori­
tib berildi.
1972-yil 
- Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bo­
lalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish 
to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma 
qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari- 
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar 
ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbi­
yalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoli­
yatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota- 
onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin