N. M. Kayumova


"Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. - Т., 2 0 1 8



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

3 "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. - Т., 2 0 1 8 .
92


muassasasining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari to­
monidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qo- 
nunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o'quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazi­
falari belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat ta­
lablari asosida hamda Davlat o'quv dasturiga muvofiq uning 
har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart- 
sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli­
yatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jami- 
yatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshi­
rish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bi­
lan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II 
bob - MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb 
nomlanib, u quyidagilarni:
- MTM ta'lim jarayonining maqsadlari
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan 
ta'lim faoliyati
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va ta­
moyillari aks ettirilgan bo'lib:
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy 
kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini 
shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: 
bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- 
larini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining 
o'zaro bog'liqligi;
93


bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyoj- 
lari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; 
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash; 
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish; 
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay 
muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; 
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa mil­
latlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining 
o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan 
ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega 
bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi 
va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi 
rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha 
ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislar- 
ni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbi- 
yaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun 
maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro ham­
korlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi 
fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga 
jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi 
tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash.
Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 
ta ta'lim sohasini o'z ichiga oladi.
94


«Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllanti­
rish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompe­
tensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh] bolaning umumiy muhim 
kompetensiyalari
- Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qa- 
driyatlari majmuidir. Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlan­
ish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos 
bo'lib xizmat qiladi.
- Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan 
turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.
- O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tash­
kil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalani- 
shi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va 
tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga 
rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.
- Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda 
idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlar- 
dan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI 
- O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respub- 
likasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbi- 
yaviy ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
Bunda MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish 
turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi to­
monidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk 
va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat ta­
lablari» asosida amalga oshiriladi.

bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM 
pedagoglari tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borish
95


xaritasi yiliga uch marta to'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan 
davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7 yoshdagi bolaning 
maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat 
dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompe- 
tensiyalari bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktab­
gacha ta'lim muassasasida quyidagi mazmunda:
- ko'rgazmali-rivojlantiruvchi/
- madaniy-tarixiy qadriyatlar:
- milliy va mintaqaviy an'analar;
- tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi 
yoritiladi;
VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda 
qo'llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi.
Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi­
lar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktab­
gacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvo­
fiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va 
samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish 
yo'llarini belgilaydi.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:
maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o'zlashti- 
rilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga oladigan 
bo'lim;
mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalov- 
chi va bolalar shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi 
bo'lim;
tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, 
ta'lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bi­
lan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, 
bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim.
«Ilk qadam» dastur nomining falsafiy mazmuni - bilimlar 
dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go'zallik,
96


yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
tarbiyalashning ilk asoslari.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning 
faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san'atning janr va turlari, jon- 
li va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos 
ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.
"Ilkqadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim muassasa­
sining turli yosh guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabi­
at», «Qurish-yasash, konstruksiyalash+matematika», «San’at» 
«Syujet-rolli o'yinlar va sahnalashtirish» faollik markazlari, 
bolalarni dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa 
bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va 
vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san'at va 
madaniyatga qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.
Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar 
bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli 
ba'zi taklif lar kiritishga bizga imkon berdi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin