N. M. Kayumova


Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yilgan talablar. Uning



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo'yilgan talablar. Uning
shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq
madaniyati.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, 
voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo'naltirish 
og'ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu 
mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyat- 
ning mahsulidir.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak 
ma'naviyat - yengilmas kuch” asarida o'qituvchining kasbiy 
faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson 
qalbiga yo'l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning 
uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan 
bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz 
uchun eng yaqin bo'lgan yana bir buyuk zot - o'qituvchi va 
murabbiylarning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga ola- 
miz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargoh-
101


ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, na­
faqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladi- 
gan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan 
o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning is- 
tiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning mu- 
vaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi-o'qituvehiga, uning sa- 
viyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish 
va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazish- 
ga nisbatan shijoatiga bog'liq.
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon be- 
vosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib borila­
di. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tuti- 
layotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va dars- 
dan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ular­
ni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol 
inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchilar zimma- 
sigayuklatilgan,
Tarbiya - o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuv- 
chi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tar- 
biyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashti­
rish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyat- 
ning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har to- 
monlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashi- 
ni, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralar- 
iga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida 
tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his- 
tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish 
uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri 
tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi. 
Tarbiya xususida taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al- 
hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo fa- 
lokat, yo saodat - yo razolat masalasidur''4 - deb aytgan fikrlari 
barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqat-

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin