152
VI
BOB. AQLIY TARBIYA
Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib
tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari
yig'indisidir.
Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga
muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir ko'rsatish.
U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va
ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy
tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu
ta'sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy
rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha
roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy
rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon
bo'Iadi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy
bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara
tilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli
yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in-
sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish-
mandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob
fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kim-
ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq
donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas»,
deyiladi.
Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib
chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar-
chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli
kishilari darajasiga ko'tarilganlar.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa-
lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy,
153
J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning
barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl-
lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv-
chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.
Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari-
da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh
yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb
qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham
ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda
«Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob-
lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u
avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng
yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson
takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga
e'tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida
fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv
to'g'risida», «Aql ma'nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi-
kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa
rashlari o'z ifodasini topgan.
Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob
bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in-
sonni yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari
hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be
rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu-
larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar-
ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga
qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be-
huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta-
di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi.
Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
154
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo-
ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo-
hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan
kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda
o'qitish zarur deb biladi. U ta'limda quyidagi talablarga rioya
etish zarurligini ta'kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani-
ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish
orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshi
ga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e'tibor berish,
ta'lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish,
o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.
Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab
chiqqan.
Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka-
tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni
idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni
idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni 3 bosqichga bo'lar ekan, birinchi bosqichda
yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil-
maydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam-
dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur
qilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq
hissiy obrazlarni egallagan bo'ladi.
Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish ja
rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Dostları ilə paylaş: |