N. M. Kayumova


quvvatlash maktabgacha bo'lgan bolalarni hayotning har bir jabha-



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

quvvatlash maktabgacha bo'lgan bolalarni hayotning har bir jabha-
larida zehnli, bilimga kuchli qilib tarbiyalashda yordam beradi.
Maktablarda fanlar bolalarni o‘zlarining akademik bilimlarini
ijtimoiy, ruhan va jismonan sinfonalarda oshirib borish uchun
m oljallangan. Bu esa kichik yoshdan, ya’ni 1 yoshdan 5 yoshgacha
bo'lgan bolalar uchun imkoniyatdir. 0 ‘qituvchi ularga sa’nat,
mahorat, musiqa va boshqa fanlarni o‘rgatadi. Maktabgacha ta’lim
o‘quvchilari o‘zlarining qiziqishlariga qarab xatolarni to‘g ‘rilash va
hissiyotlari bilan o‘zlarini so‘zlari orqali bog‘lanish o‘rgatiladi.
Family connection Rymon Leslie. 2014
428


Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar
ta'limoti
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola 
tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi 
barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani 
ilgari surgan edilar,
Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari 
Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi 
bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari 
surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan 
asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. 
Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar.
Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola 
tarbiyasi yomon niyat va qo'pollik bilan emas, balki sabr-toqat, 
matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan 
bo'lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go'dakni 
nazoratsiz tutish ulug' xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan 
yumshoqlik o'rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi 
haqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn Faxriddin. Oila. - Т.: 
Mehnat, 1991).
Ma'lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o'z ehtiyojlari, fikr va 
talablarini birmuncha aniq ifoda etadigan bo'lib qoladi. U ko'zi- 
ga ko'ringan, aqli yetgan narsalarni so'ray va ularni sinchkovlik 
bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy fazilatlarimizga 
muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo'llarini 
bolalarga o'rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning 
kamolotlari to'g'risida so'zlab beradilar.
Bolalarni kamtarlik va donolikka o'rgatishda buyuk o'zbek 
mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning hayot 
namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini 
asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va 
o'zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni 
kishining axloqi past ekanligini ko'rsatuvchi belgilar deb 
ta’kidlaydi. Uning fikricha oilada bola yoshligidan boshlab faqat
429


yaxshi odatlarga o'rgatilishi kerak. Bu esa unda mustahkam 
xarakter shakllanishiga zamin yaratadi. Ibn Sino yosh bolalarni 
yaxshi axloqli jismoniy sog'lom qilib yetishtirishda ko'pgina 
foydali usullarni ko'rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy 
namuna bo'lish usuli g'oyat katta ahamiyatga ega ekanligi 
qayta-qayta uqtirib o'tgan. Ibn Sino oilaviy tarbiya to'g'risidagi 
fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamiyatini uning 
quyidagi so'zlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini 
mo'tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak. Unga 
esa bolalarni qattiq g'azablanishdan, qo'rqish, xafalik, 
uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolani xohlagan va 
foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan 
narsasini ko'zdan uzoqlashtirishga doim tayyor bo'lib turish 
kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning 
ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog'idanoq xushhulq 
odam bo'lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga 
foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga 
sabab bo'ladi. Shuningdek, agar yomon hulq odatga kirib 
qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Ibn Sino o'zining 
"Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya 
masalalariga bag'ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy 
munosabatlarning deyarli hamma tomonlarini ko'rib chiqadi. 
U oila boshlig'i oldiga katta talablar qo'yadi, u oilaviy tarbiyani 
ham amaliy, ham nazariy tomondan yaxshi bilish zarurligini 
uqtiradi.
Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida ota- 
onalar va tarbiyachilar obro'yining bolaga ta'sir kuchi haqida 
ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. 
U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta'sirining bor kuchi 
obro'ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro' tabitan berilmaydi, 
sun'iy ravishda yaratilmaydi, qo'rquv, qo'rqitish, zo'rlik bilan 
erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib 
chiqadi, deb ta'kidlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm- 
rusumlarivamilliyodatlarnijudanoziktushunaredi.Shusabab-
430


li inson xulq-atvori, madaniyatining hatto eng oddiy masalalar 
ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada 
xatolikka yo'l qo'yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan 
ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular 
faqat oilaning hayotida emas, balki jamiyat hayotida ham aks 
ettiradi. Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar 
turli-tumandir. Ular orasida keng tarqalganlardan biri ota- 
onalarning haddan tashqari hukmronlikka intilishlaridir; 
bolaning erka bo'lishi ularga nisbatan biror talabning yo'qligi 
bilan bog'liq; ota-ona, buvilar tomonidan tarbiyada yagona 
talablarning yo'qligidir; oilaviy tarbiyadagi barqaror xatolar 
oilaning tuzilishi va oilaviy munosabatlar bilan, kattalarning 
o'z fuqarolik burchlarga munosabati, ularning g'oyaviy 
yo'nalishi, mehnatga munosabati bilan bog'liq munosabatlar 
bilan, kattalarni o'z fuqarolik burchlariga munosabati, ularni 
g'oyaviy yo'nalishi, mehnatga munosabati bilan bog'liq. Bu 
belgilarga ko'ra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. 
Tarbiyachilarga oila turlarini bilish va u bilan o'ziga xos 
holda ishlash va munosabatda bo'lish uchun zarur. Oila 
turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida 
ko'rsatilgan.
Birinchi turi. Tinch oilalar mehnat ijtimoiy, siyosiy va 
madaniy hayotda faol ishtrok etayotgan ko'pchilik oilalar 
kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va bolalar o'rtasida 
ma'naviy yaqinlik, aqlli va me'yordagi talablar bolaning ijtimoiy 
munosabati me'yorlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishi xosdir.
Ikkinchi turi, Yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga 
oila a’zolari tomonidan bolalarga qo'yiladigan talablar bir 
xilda bo'lmasdan, stixiyali tarzda bo'ladi. Bunda bolanig 
imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti noto'g'ri 
tashkil etiladi. Tarbiyaning bu turida ota-onaga nisbatan 
hurmatsizlik, ularning talabini bajarmaslik kabi holatlar 
rivojlanishi mumkin. Yuzaki tinch oilalar bilan ishlashda 
tarbiyachi ota-ona diqqat-e'tiborini oiladagi psixologik 
vaziyatni, ota-onalar o'rtasidagi munosabat yo'nalishini 
o'zlashtirishga qaratadi.
431


Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma'naviy 
qiziqishlar kam bo'Iadi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, 
oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo'lish, oilaviy 
an’analarga e'tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd munosabatda 
bo'lish xos bo'Iadi. Bola qo'rs, qo'pol, urishqoq bo'lib qoladi. 
Kattalar va jamoa tartiblariga bo'ysunmaydi. “Tarbiyasi 
og'ir” bolalarning ko'p qismi ana shunday oilalarda yetishadi. 
Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb 
muammolardandir. Oila - maktabgacha ta'lim yoshidagi bola 
uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo'lsa, bolaning 
sog'Iig'iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
Bu xildagi oilalarning bolalari taqdiriga ular qatnaydigan 
maktabgacha ta'lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. 
Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o'z tengdoshlari bilan 
munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga 
qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar.
To'Iiqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota-onadan biri bo'lmay- 
di. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo'qligini bildir- 
maslik uchun oila a'zolaridan har birining bolaga ta'sirini 
kuchaytirish, bola o'zaro munosabatlarda kamchilik sezmas- 
ligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a'zoni boshqa qa- 
rindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabga­
cha ta'lim muassasalarida oila bilan ishlash o'ziga xos xususi- 
yatga ega bo'lib, oilaning turiga bog'liq holda o'tkaziladi. Mak­
tabgacha ta'lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq 
maqsad, mazmun bo'lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik 
borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini 
tahlil qilib, xilma-xil va o'zaro bog'liq bo'lgan shakl va usullar 
yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo'Iadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin