o'ziga bo'ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda
tanqid qilishni yaxshi ko'radi;
-
muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz
bo'ysundirishga intiiadi;
- ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysunuvchilari bilan
muomalada bo'lganda uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini
katta tutishi sezilib turadi;
- o'ziga bo'ysunuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda
bo'ladi.
Xullas, avtoritar rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z
qobiliyati va imkoniyatlariga
ortiqcha ishonadigan, hukmini
o'tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda
dag'allik, takabburlik, tayziq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta
salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtoritar boshqaruv usulini
har jihatdan, yomon deb
bo'lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo'ysunuvchilarning madaniy
darajasi, axloqi pastligi sababli avtoritar uslubini tanlab olish
ham ish berib holishi mumkin
Libera! rahbar
Bunday turdagi rahbar;
- idorasiz, tashabbussiz bo'ladi;
- o'z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
- ishni o'z holiga tashlab ko'yadi;
- idoraga nisbatan qat'iy bo'lishdan hayiqadi;
- o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
- biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
-
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
- suiiste'mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini
bilmaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan
ko'rsatiladigan ta’sirga
moyilligi bilan ko'zga tashlanib turadi. Har bir rahbar quyidagi
xususiyatlarga ega bo'lishi lozim: