dir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish
emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. .
O'zbekiston
Respublikasining
birinchi
Prezidenti
I.A.Karimov o'qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy
mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish
uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan
bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib ye~
tishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday
yuksak
talablarga javob berishi, ana shunday. buyuk Fazilat-
larga ega bo'lishi kerak». Demak, o'z faoliyatini endigina bosh-
layotgan o'qituvchilar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali
o'qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi
quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o'quvchining ichki va
tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri
idrok qilish uchun diqqatni
jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish
qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini
ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror
qabul qilish;
- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish
qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik
harakatlar bilan o'quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilar
bilan kom-
munikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
- o'quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr
mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tar
biyalash;
- qiyin holatlarda o'quvchilarga yordam bera olish;
103
- tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda o'quvchilar jamoasi bi
lan doimo maslahatlashish;
- o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o'quv-
chilarning fikrlarini o'rganish;
- o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foy
dalanish;
- har bir o'quvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish
va takomillashtirish;
- o'quvchilarning ijtimoiy kelib chikishiga qarab toifalarga
ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish.
Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axlo
qiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan
shug'ullanish huquqiga ega deyiladi «Ta’lim to‘g'risida»gi Qo-
nunning 5-moddasida.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda,
mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan
bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat
bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini,
qobiliyatlari-
ni bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning
xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga
o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqi-
shi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan
biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z
kasbini
sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tar
biyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbi-
yachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z
predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan boTishi
zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiya
chi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan bi
ri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxs-
ni hurmat qilishdan iborat. Bolani
sevgan butun kuch va bili-
mini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbi-
yalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-
pedagog bo'la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murak
kab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalar-
104
ga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat,
unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bo
lada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, o'qituvchiga bo
lalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatla-
rining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyat - peda
gogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat
tarkibiga:
pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur,
diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik
muomala kiradi. Pedagogik qobiiiyatlar pedagogik faoliyati ja
rayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida
shakllanadi. Pedagogik mahorat - bu yosh avlodga ta'lim-tar
biya berishni yuksak darajada
va doimiy ravishda takomil-
lashtirib borish san'atidir.
Dostları ilə paylaş: