adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun
zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz o'qituvchilardan
emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish ta
lab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir.
Uni egallash har
bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimi-
ga bog'liq. O'qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati,
uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bi-
limini,
tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada
yuritishini belgilovchi me'yordir. O'qituvchining nutq madani
yati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas,
u
pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajriba-
li ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, say-
qallanib boraveradi. O'qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy,
kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivoj
iantirish faqat o'qituvchining shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat
tufayli o'qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi.
Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vosita-
larni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o'qituvchining ma'naviy-axloqiy
kamo-
loti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madani
yat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namo-
yish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma'naviy va madaniy sa
viyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa
kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard
maqsadi erkin fikr egasi
bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishi-
dan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy
ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pe
dagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va
mashqlar evaziga malaka oshiriladi
hamda erishilgan muvaf-
faqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egal
lash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qo-
108
nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib
borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va
televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim,
6.
Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy
taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq,
ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning
nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida
o'rganishi mumkin.
O'qituvchining pedagogik faoliyatida
nutq texnikasini mu-
kammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida
o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan
ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni
tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo,
nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda
ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: