Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she'rlar
aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda katta-
larga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qi
lish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga
jamlaganda ular orasida
o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi.
Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi
ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va
ularni malakalarga
aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar
sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95
sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraq-
qiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi.
3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlari-
ni idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqil
lik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib bora
di. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosi
da amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya-
ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatin
ing dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalar
ning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi
mustahkamlanib
boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz
qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yet
akchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi
mana shu faoliyatni
kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy
mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.
4-5
yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha
jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi,
og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez ri
vojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomil-
130
lashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanish id a
jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi,
ularni bajarishda tabiiy-
lik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu
yoshdagi bolalarning nutqi ravon,
xotirasi ancha teran, mus
taqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha ha
rakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yosh-
da bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta
qiziquvchan
bo'Iadi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning
uchun ham ularni to'g'ri
ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish,
salomatligini
muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib bo
rish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyat-
gaega.
Dostları ilə paylaş: