M ashg'ulotlarda tarbiyachin ing yetakchilik roli va
uni o'tkazishga tay yorgarlig i.
Tarbiyachi MTMda asosiy
shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning
sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bi
lish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-pe-
dagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik
mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq
uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
174
> Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak
kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati-
ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari
ni bilishdir,
> Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis
moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil-
gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat-
ning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldin-
dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan-
gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
> Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy
tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli
yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy axloqiy,
mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc
hun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir
boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol
da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa]
yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.
> Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson
bo'Iishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni
yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha ta'lim yo-
shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju
da katta bo'ladi. Chunki, bu davrdagi har bir taas-
surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga ki-
ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta
di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi,
pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz
tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foy-
dalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq
ta’sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va
qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga
tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
175
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti
asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor beri-
shi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i
uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishi-
ni sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda
tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun
faoliyat turlarini alm ashtirib borish maqsadga muvofiq-
dir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch,
quvnoq muhitni tashkil etish lozim. Bolani: «Tezroq yuvi-
ninglar - nonushtaga kech qolyapmiz», «O'yinchoqni tez
roq yig'ishtiringlar, sayrga yoki mashg'ulotga kech qol
yapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta'lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har
bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malaka-
lari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bo
lalar olgan bilim larini qo'llay olishlari ularning yaxshi
o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hech
qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari
mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan
iboratdir.
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo'lsa,
ular bilan xilma-xil m ashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu
mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foy-
danishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qur-
ish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu
m ashg'ulotlar odatdagi mashg'ulotlardan boshqacharoq
qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil m aterial
lar beriladi va ularga rasm mavzusini o'zi belgilash, qu-
rilishni o'zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yara-
tiladi. Bunday m ashg'ulotlar dasturning ayrim bo'lim lari
bo'yicha ta'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
176
Bolalar olgan bilimlaridan o'z o'yinlarida keng foydala
nadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash soha-
sidagi m alakalarni qo'llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar,
inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilim lar turli
xil o'yinlarning mazmunida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |