Jamg‘armalar va investitsiyalarning umumiy hajmi hamda joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi Milliy hisobvaraqlar agregatlari bilan joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashning ikkinchi usuli mamlakatda jamg‘armalar va investitsiyalar o‘rtasidagi balansdan foydalanishga asoslangan. YUqorida ko‘rsatilganidek, jamg‘armalar va investitsiyalar o‘rtasidagi farqni joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi bilan bog‘lovchi ayniyat daromadlar va umumiy talabni bog‘lovchi ayniyatdan kelib chiqadi.
SHunday qilib,
S - I = CAB, (3.1.2) yoki butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha jamg‘armalar va investitsiyalar o‘rtasidagi farq = joriy operatsiyalar hisobvarag‘i saldosi = chet el jamg‘armalaridan foydalanish. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotdagi jamg‘armalar va investitsiyalar bilan joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosi (uni davlat tomonidan xorijiy jamg‘armalardan foydalanish sifatida ko‘rib chiqish mumkin) o‘rtasidagi balans o‘zaro ekvivalent. YOpiq iqtisodiyotda zaruratga ko‘ra haqiqiy jamg‘armalar umumiy hajmi muvazanat shartiga ko‘ra investitsiyalar umumiy hajmiga teng. Biroq, ochiq iqtisodiyotda ushbu ikkita kattalik o‘rtasida joriy operatsiyalar tashqi hisobvarag‘i saldosiga teng farq mavjud. Demak, investitsiyalar hajmining butun iqtisodiyot bo‘yicha jamg‘armalar hajmidan har qanday haqiqiy oshiqchaligini chet el jamg‘armalari hisobidan qoplash talab etiladi. SHunday qilib, joriy operatsiyalar hisobvarag‘i taqchilligini jamg‘armalar oshirish va/yoki investitsiyalarni kamaytirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan ortiqcha bo‘lsa, u holda mamlakat mavjud farqni chet eldan qarz olishi, ya’ni chet el jamg‘armalaridan foydalanishi lozim. Ushbu hisob yuritishga doir o‘zaro nisbatlarni ichki va tashqi voqealar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tahlil qilish uchun zarur va u iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi mablag‘lar oqimlarining xususiyatini yanada to‘liq ochib berish uchu nasos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Davlat sektorini ajratishdan maqsad davlatning, odatda, jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinadigan, davlat boshqaruvi organlarining nazorati ostida bo‘lgan sof jamg‘armalarini ko‘rsatishdan iborat, ayni paytda xususiy sektorning sof jamg‘armalariga davlat faqat iqtisodiy siyosat vositalari yordamida bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. (3.1.2) tenglama iqtisodiyot sektorlari uchun quyidagi ko‘rinishga ega: