Aholi sonini prognozlashning zaruriyatini tushuntirib bering.
Demografik jarayonlarni prognozlashga ta’sir etuvchi qanday omillar mavjud?
Aholining migratsiyasi mehnat resurslariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Aholi migratsiyasini prognozlashda qanday omillarni hisobga olish kerak?
Mehnat resurslarni prognozlashga qanaqa omillar ta’sir etadi?
Demografik jarayon bilan aholi turmush darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik nimalarda ifodalaniladi?
O‘zbekistonda mehnat resurslari tarkibini izohlab bering.
Demografik jarayonlarni prognozlashttamoyillari haqida tushunchangiz.
Demografik prognozlarning ishochliligini qanday baholaysiz?
O‘zbekiston aholisining o‘sish dinamikasi qanday darajada?
15-BOB. TARMOQNING IQTISODIY RIVOJLANISHINI PROGNOZLASH §15.1. Tarmoq rivojlanishini prognozlashning axamiyati Iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlashning qiyinchiligi shundagi, tarmoqlar mahsulotiga bo‘lgan iste’mol hajmini aniqlashdadir. SHuning uchun bunday prognozlashni ishlab chiqishda uning barcha komponentlari yaxshilab baholash kerak. iqtisodiyotdagi aniq bir mahsulotga bo‘lgan iste’molni aniqlash, bu sohani prognozlashning asosidir. Buning uchun sohaning butun iqtisodiy tahlil qilish, va iqtisodiyot tarmoqlari qonuniyatlarini ko‘rib chiqish kerak. jamiyatda ushbu mahsulotga bo‘lagan iste’mol talabini qondirilishi va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash kerak. samaradorlikni baholashda bir qator ko‘rsatgichlar tizimidan foydalaniladi, ular ishlab chiqarish omillari holatini ko‘rsatib beradi, ular quyidagilar; mehnat unumdorligi, fond qaytimi, kapital quyilmalar qaytimi ko‘rsatgichi, material sig‘imi
Ishlab chiqarish resurslarini prognozlashtirishda asosiy fond va ishlab chiqarish kapital quyilmalarga kerak bo‘ladigan mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan talabni aniqlashdan iboratdir. Ushbu prognozning aniqligiga qarab tarmoq ishlab chiqarishini rivojlanish darajasi va hajmi rejalashtiriladi. Iqtisodiyotda mavjud iste’mol hajmi balan ishlab chiqarishning umumiy hajmi teng bo‘lishi kerak. Buning uchun tarmoqlarning ishlab chiqarish imkoniyati va forydalanish darajasini bilish kerak. Ushbu ko‘rsatgichni prognozlashtirish tarmoqning ishlab chiqarish kuchini va undan ma’lum muddat mobaynida foydalanishini aniqlash imkonini beradi. Bir paytning o‘zida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar tarmoq yo‘nalishi, tarmoqda ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, boshqa tarmoqlar bilan aloqasi va boshqa omillar inobatga olinadi.
Tarmoqlarini prognozlash, qamrab olish darajasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linidi: alohida tarmoqlarni prognozlash, shu jumladan, uning rivojlanish qonuniyati, tarmoq tarkibidagi ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi, tarmoqning mintaqalar aro rivojlanishi, bir paytning o‘zida tarmoq bilan bog‘liq tarmoqlarni va iqtisodiyotdagi barcha tarmoqlarni prognozlash.
Maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab tarmoqlarni prognozlash birmaqsadga yo‘naltirilgan, bir-biriga bog‘liq maqsadga yo‘naltirilgan yoki kompleks prognozlashga bo‘lindi.
Prognozlashtirishning umumiy vazifasi shundaki mavjud holatni yoki jarayonni qancha muddat oralig‘ida rivojlanishini aniqlashdir. Tadqiqot usuli singari tarmoqlarni prognozlash ham kelajakda kutilayotgan miqdor va sifat ko‘rsatgichlari ma’lumoti asosida kelajakdagi rejalarni tuzishga yordam beradi. SHuningdek prognozlashtiriladigan natija kelajakda rivojlanishnig eng maqbul yo‘li yoki optimal echimi sifatida qaraladi.
Prognozni ishlab chiqish darajasiga ko‘ra: aniq taklif berishga olib borilgan prognoz; rivojlanish konsepsiyasiga yo‘naltirilgan prognoz; aniq izlanish yo‘nalishiga yo‘naltirilgan umumiy taxminlarga asoslangan prognozlarga bo‘linadi.
Kelajakni ko‘rish usuliga ko‘ra prognozlar nofaol (passiv) va faol (aktiv) bo‘lishi mumkin. Nofaol prognozlashtirish bu mavjud qonuniyat, o‘sish darajasi asosida kelajakda kutilayotgan o‘sish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi ya’ni oldingi natijalarga asoslanib kelajakda shunaqa natijalarni kutish. Nofaol prognoz jarayonnni inert holatda qanday natijalarga erishishini ko‘rsatadi. Nofaol prognozdan farqli ravishda faol prognozda rivojlanishning yangi maqsadlaridan kelib chiqib mavjud tendensiyaning o‘zgarishi, iste’mol dinamikasi, resurslarni qayta taqsimlanishi, rivojlanishning yangi yo‘nalishini paydo bo‘lishi va boshqa bir qator omillar inobatga olinadi.
Umuman progonozlashtirish davrini tanlashda ishlab chiqarish chikli davomiyligi, tarmoqdagi ilmiy texnika taraqqiyoti davomiyligi (shu jumladan mahsulot turi va assortimentining yangilanishi, ishlab chiqarish jarayoni texnika texnologiyaning yangilanishi) va bashqa bir qator omillarga bog‘liqdir. Prognozlash natijalariga omillarning ta’sir etishiga qarab prognozlashtirish davri tanlanadi. Quyidagi ishlab chiqarish sikllari farqlanadi: ilmiy texnika sikli 20-25 yil; demografik sikl 20-25 yil; kapital sikli 15-20 yil; qurilish sikli 7-10 yil va boshqalar.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirish nuqtali, ya’ni ma’lum yillar ishlab chiqiladi (1993, 2003, 2013) va intervalli, ma’lum oralig‘ida (1998-2010).
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlash quyidagi talablari mavjud: ishonchlilik, zamonaviyligi va axborotni etarliligi asosida prognozlashtirish; har tomonlama ilmiy asoslangan nafaqat tarmoqda balki iqtisodiyot uchun; prognozda ilmiy-texnika, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalash va baholash; prognoz natijalarini aniq ifodalash, alternativ echimlarni baholash.
Tarmoqlarni iqtisodiy prognozlashtirishning bir qator prinsplari mavjud: barinchidan umumiy iqtisodiyot va tarmoqlar prognozining bir-biriga mos kelishi. Bir tomondan, tarmoqning rivojlanishi umumiy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan jumladan YAIM, iste’mol, investitsiya. Ikkinchi tomondan, har bir tarmoq unga talab qilinadigan mehnat hajmi, mahsulot tayyorlashning o‘ziga xosligi, texnika texnologiyaning qo‘llanishi va omillarning o‘ziga xos qonuniyati asosida rivojlanadi. Bu qismda ishlab chiqarish tarmoqlari, iqtisodiyot bilan o‘zora aloqada bo‘lib, u iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili bo‘ladi. Bu munosabat tashkilotning iqtisodiy prognozida namoyon bo‘ladi. U quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi: mamlakat iqtisodiyoti-tarmoq-mamlakat iqtisodiyoti-tarmoq. Bu tarmoq rivojlanishini, butun mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini anglatadi. Demak, iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlash, butun mamlakat iqtisodiyotini prognozlashga asos bo‘ladi.