N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə40/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

6.3.2-jadval

Nomoliyaviy davlat tashkilotlariga talablar, veksellar va boshqa qiymatli qog‘ozlar. Kreditlar va avanslar.


Davlat boshqaruvi tashkilotlarining


Depozitlari


Xususiy sektorga talab


Kapital hisoblari,


kapital zahiralar


Pul-depozit banklariga talablar,


qayta hisoblash,
kreditlar va overdraftlar

Qolgan ma’lumotlar.


Qolgan passivlar.
Minus qolgan aktivlar.

Pul-kredit harakteriga ega bo‘lmagan moliyaviy tashkilotlarga talabalar, qayta hisoblash, kreditlar va overdraftlar





Ichki kredit (bank tizimining aktivi) bank tizimining davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat muassasalari va xususiy sektorlar(masalan, pul-kredit harkateriga ega bo‘lmagan xususiy shaxslar korporatsiya, moliyaviy muassasalar) barcha to‘lanmagan talablarni o‘z ichiga oladi. Butun halqaro bank kredit, shuningdek, Markaziy bank tomonidan pul-depozit banki (tomoni) taklif etilgan kreditlar, korporatsiya jarayonidan istisno qilinadi.
Pul-kredit masalasida markaziy hukumat talablari bank tizimida xukumat depozitlarini ushlab qolish bilan ko‘rsatiladi.
Bunday munosabat markaziy hukumat operatsiyalarining mamlakat iqtisodiyoti likvidligiga ta’sirini o‘lchash imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari markaziy hukumat siyosiy-iqtisodiyotga javobgardir va shuning uchun uning xarajatlari bo‘yicha qarorlari, qoidaga binoan, bank depozitlari summasiga bog‘liq emas, balki kengroq idrok qilish bilan qabul qilinadi. Davlat muassasalariga talablar alohida modda holida va jami hisoblab chiqilib ko‘rsatiladi, chunki ular mavjud depozitlarning xarajatiga ta’sir ko‘rsatilganidek hisoblanadi.
SHunga o‘xshash sababga ko‘ra, yalpi hisoblab chiqilganda boshqa sektorga ham talablar ko‘rsatiladi.
“Pul” tushunchasi nazariyada va amliyotda har xil ta’riflanadi. Anchagina keng tarqalgan ta’rifga asosan “pul” tushunchasi bank tizimini va davlat boshqaruv organidan tashqarida muomalada bo‘lgan barcha pullarni oladi, ya’ni unga to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qila oluvchi hususiy sektordagi pul vositasi va barcha depozitlar, chunonchi hisob varaqasi yordamida o‘tkazish mumkin bo‘lgan depozitlar kiradi. Biroq, qo‘llanilayotgan tashkiliy tizimga asosan, bu erda boshqa kundalik tezkor muomaladagi depozitlar ham kiritilishi mumkin, masalan, omonat depozitlari. Pul-kredit masalasida pul turkumi muomaladagi naqd pul va o‘sha turdagi depozitlarni o‘z ichiga oladi xuddi muxlatli depozitlar singari. Pul-pul tizimining majburiyati sifatida ko‘rsatiladi, chunki bu naqd pul-pul tartibining majburiyatidir, muhlatli depozitlar esa, pul depozit bankining majburiyatidir. Boshqa bank passivlaridan biri kvozi – pullari, pul tizimining likvidlik depozitlariga kiradi va bevosita to‘lov vositasi sifatida ishlatilmaydi, odatda, muomalada juda sekindir. Bular asosan bank tizimidagi tezkor va omonat depozitlari hamda xorijiy valyutada rezident depozitlardir. Kvozi – pulidagi pul summasini, odatda, “keng ma’nodagi pullar” deb ataladi. Bu – agrigat, ehtimol pul-kredit sohasi nuqtai nazari bilan qaraganda, ko‘proq iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda ishlatiladi.
O‘zgaruvchi muqobil narxni tanlashda qaysidir darajada pul agregatining ishlatilayotgan ta’rifi yoki mamlakat institutsional tuzilishiga bog‘liqdir. Foizlik daromad keltirmaydigan pul aktivlarini saqlash muqobil narx eng mos keladigan o‘lchovibu, namoyon bo‘luvchi nominal foiz stavkasidir. Foizli daromad keltiruvchi pul aktivlariga foiz stavkalarining pulga va boshqa moliyaviy aktivlariga o‘lchashning o‘zaro farqlovchi o‘zgaruvchanligi ko‘proq munosibdir.
SHaxsiy sektor oldida bank tizimining moliyaviy majburiyati shaxsiy sektor moliyaviy aktivlari majmuasining ko‘proq qismini o‘zida aks ettiruvchi mamlakatlarda real foiz stavkalari ba’zan real aktivlarining daromadi bilan moliyaviy aktiv daromadlari o‘rtasidagi o‘lchov sifatida ishlatiladi. Foiz stavkalarining uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas miqdorini aniqlash uchun bir darajada inflyasiya o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Sof xorijiy aktivlar va boshqa moddalarning ma’lumot berish davridagi mohiyati, shuningdek, pulga bo‘lgan talab ma’lumotini, tenglashtirishga munosib ichki kredit miqdorining yagona mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Sof kreditning davlat sektoriga to‘lov o‘zgarishi, bank tizimida davlat sektorining sof qarzi byudjet ma’lumotiga asoslangan umumiy kredit miqdori va davlat krediti o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi shaxsiy kredit sektori qoldiqli miqdor sifatida hisoblab chiqiladi. SHaxsiy sektorga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan kredit summasining muvofiqligiga baho berish muhimdir.
Iqtisodiyotda mavjud pul massasi yalpi talabga ta’sir ko‘rsatib, pul massasi yalpi talabni ifodalaydi. YAlpi taklifni ma’lum darajada ushlab turish Markaziy bankning vazifasi bo‘lib, u muomilaga chiqaradigan pul taklifi dastagi orqali boshqarilib turadi. Bu bilan aholining iste’mol va jamg‘arma hajmiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin