§9.3. Prognoz ssenariylarini tuzish.
Prognozlashning muhim funksiyasi metodologik jihatdan prognozlarni ishlab chiqishning umum qabul qilingan yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtisodiy, ijtimoiy va texnik fan nazariyalarning tamoyillari, yutuqlari asosida tadqiq etilayotgan jarayonning va istiqbolda uning rivojlanish tendensiyalarining ob’ektiv muqobil variantlari aniqlashtiriladi. Bozor sharoitida prorgnozlarni ishlab chiqish, ulardan maqsadga muvofiq holda foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni nazoratga olish, uzoq muddatga zarur maqbul nisbatlarni qo‘yilgan istiqbolli maqsadlarga muvofiq ravishda aniqlashga imkon beradi.
Prognozlashning u yoki bu funksiyalarni amalga oshirishda iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashning ilmiy asosini tashkil etuvchi yondoshuvlarni aniqlash zarur. YUqorida aytib o‘tilganidek, hozirgi kunda maqsadga erishish nuqtai nazaridan ikkita yondoshuv qo‘llaniladi. Qidiruv yoki tadqiqot yondoshuvida yakuniy maqsadi ob’ektning rivojlanishining mavjud tendensiyasi saqlanishini inobatga olib istiqbolda mazkur prognozlash ob’ektining ehtimol holatlarini aniqlashdan iborat. Bunda ushbu tendensiyalarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan sharoitlar e’tiborga olinmaydi.
Me’yoriy yondoshuvda esa yakuniy maqsad istiqbolda prognozlash ob’ektining ehtimol holatiga erishish yo‘llari va muddatlarini aniqlashdan iborat. Masalan, tadqiqot yondoshuvida mavjud bo‘lgan iste’mol qilish ko‘rsatkichining o‘sishi to‘g‘risida axborot asosida mazkur davrda u qanchaga o‘sib borishini taxmin qilamiz. Me’yoriy yondoshuvda esa mazkur davrda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning unumli me’yorlari darajasigacha erishish maqsad qo‘yiladi. Ushbu yondoshuvda ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning tarkibini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va h.k. hisobiga tendensiyaning ehtimol bo‘lgan o‘zgarish yo‘llari tadqiq etiladi va prognoz qilinadi.
Murakkab ob’ektlarni prognozlashtirishda avvalo uning ssenariyasi tuziladi.
Ssenariyni tuzish –shakllangan holatdan kelib chiqqan holda jarayon va voqealarni mantiqan ketma-ketligini izohlash usuli hisoblanadi. Ssenariylarni tuzish vaqtni baholashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ssenariyning asosiy maqsadi –prognoz qilinayotgan ob’ekt, hodisa rivojlanishning bosh maqsadlarini aniqlash va “maqsadlar daraxti” quyi pog‘onalarni baholash uchun mezonlarni shakllantirishdan iborat. Ssenariylar odatda dastlabki prognoz va prognoz ob’ektini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich materiallar asosida ishlab chiqiladi. Boshlang‘ich materiallar qatoriga texnik-iqtisodiy tafsilotini va qo‘yilgan maqsadlarni echish uchun ishlab chiqarish hamda ilmiy bazaning asosiy jarayonlarning ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Ob’ekt va jarayonning rivojlanish prognozi bo‘yicha tuzilishi lozim bo‘lgan ssenariy nafaqat fan va texnika, balki iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosatining rivojlanish masalalaridan tarkib topishi lozim. SHu bois ssenariy prognoz qilinayotgan ob’ekti bo‘yicha tegishli sohasida yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishi lozim. Ssenariy o‘zining izohlanishi bo‘yicha boshlang‘ich axborotlarni yig‘uvchi vosita hisoblanib, prognoz qilinayotgan ob’ektni rivojlantirish bo‘yicha barcha ishlar uning asosida tashkil etilishi lozim. SHu bois tayyor holdagi ssenariy diqqatlik bilan tahlil qilinishi lozim. 3-rasmda barcha pog‘onalarni (siyosatdan tortib to fangacha) qamrab olgan ssenariy modeli ko‘rsatilgan. Mazkur modelni tahlil qilish uchun prognoz qilinayotgan hodisa va jarayondagi echimning o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlarini izchillik bilan ko‘rib chiqishni ta’minlab beruvchi tizimli yondoshuv qo‘llanilishi mumkin.
“Maqsadlar daraxti” tizim, ob’ekt, jarayonlarni tahlil qilishda foydalaniladi. Unda bir qator tarkibiy va ierarxik pog‘onalarni ajratish mumkin. “Maqsadlar daraxti” pastki pog‘onalarida eng mayda tarkibiy qismlarni izchillik bilan belgilash yo‘li bilan tuziladi (9.3.1-rasm).
9.3.1-rasmda ko‘rsatilganidek, har bir pog‘onadagi har bir shohi ikki keyingi, yanada pastroq pog‘onasidagi shoxchalarga bo‘linadi. Bo‘linish nuqtasi cho‘qqi hisobalandi. Har bir cho‘qqisida kamida ikki shox chiqishi lozim, ushbu shoxlarning soni tepaga qarab cheksiz, ya’ni quyi pog‘onasida ularni soni uchta, beshta va undan ham ortiq bo‘lishi lozim. Bundan tashqari “daraxt”ning har bir cho‘qqisidan bir xil sondagi shoxlar chiqishi majburiy emas. “Maqsadlar daraxti”ni tuzish uchta shartlar borligini qayd etish lozim: birinchidan, bitta cho‘qqidan chiqadigan shoxlar tutashgan ko‘plikni shakllantirishi lozim; ikkinchidan, bitta cho‘qqidan chiqadigan shoxlar bir-birin inkor etadigan bo‘lishi, ya’ni bitta cho‘qqidan chiqadigan ikki har xil shoxlar bilan taqdim etilgan ob’ektlarning qisman bo‘lsa ham o‘xshab ketish joylari bo‘lmasligi lozim; uchinchidan, me’yoriy prognozlashda foydalaniladigan “maqsadlar daraxti” maqsadlarning yig‘indisi hisoblanadi. Mazkur holatda har bir cho‘qqisi undan chiqadigan barcha shoxlar uchun maqsad hisoblanadi. Har bir maqsad barcha chiquvchi shoxlarda erishilgan yutuqlar yordamida amalga oshiriladi.
А
Чўққи
А поғонаси
Б2
Б поғонаси
Б1
В11
В12
В21
В22
В поғонаси
Dostları ilə paylaş: |