36
Nazorat savolari
1. Yer monitoringi tizimi to‟g‟risida tushuncha va ma'lumotlar bering?
2. Yer monitoringining asosiy vazifalari haqida tushincha bering?
3. Yer monitoringi yuritish tizimi qanday yuritiladi?
4. Avtomatlashtirilgan jo„g„rofiy axborot tizimi to„g„risida tushuncha bering?
5. Yer monitoringini tarkibiy qismlari va bosqichlari.
6. Davlat yer monitoringini o‟tkazish asoslari va tuzilmasi
7. Yerdan okilona foydalanishning nazariy masalalari.
8. Yer monitoringini o‟tkazishning huquqiy asoslari.
9. Yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunlar va me‟yoriy xujjatlarda
yer monitoringini o‟tkazish masalalari.
III-BOB. YER MONITORINGINI O’TKAZISHNING USLUBIY VA
AMALIY MASALALARI.
1. Yer monitoringini o’tkazishning huquqiy masalalari
2. Yer monitoringini o’tkazish uslublari.
3. Yer monitoringining amaliy masalalari.
Tayanch so‘zlar: Yer kodeksi, degishlar, texnik va axborotlar tizimi, resurslar,
servitutlar va himoya zonasi, er uchastkasining chegarasi, davriy, mavsumiy, sutkali,
taxlil qil
ish,
yer toifalari.
O‟zbekiston Respublikasida joriy etilayotgan yer monitoringi 1998 yilda Oliy
Kengash sessiyalarida qabul qilingan “Yer kodeksi” va “Yer kadastri” to‟g‟risidagi
qonunlarga asosan o‟tkaziladi. Yer monitoringini olib borish maqsadi mohiyati va
vazifalariga ko‟ra quyidagi asosiy yo‟nalishlarda olib borishni maqsadga muvofiq
deb bilamiz: ilmiy- uslubiy, uslubiy-amaliy, amaliy-huquqiy, texnik va axborotlar
37
tizimi.
Ilmiy-uslubiy yo‟nalishda yer fondi tarkibida miqdor va sifat o‟zgarishlarni
qonuniyatlarini asoslash, umum-uslubiy yondashuvlar asosida maqbul yechimlarga
intilish usullarini yaratish zarur. Bunda amalga oshiriladigan ilmiy uslubiy
yondashuvlar aniq yer uchastkalarida, tajriba maydonlarida, etalon ob‟ektlarda olib
boriladigan dala tadqiqot ishlari natijasiga asoslanish zarur.
Yer monitoringi respublika miq‟yosida kuzatuv va nazorat bo‟yicha yagona
tizimda o‟tkaziladi va quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
-
yer fondi tarkibidagi o‟zgarishlarni o‟z vaqtida aniqlash;
-
yer turlari holatini va bahosidagi tafovutlarni aniqlash;
-
yer turlari bo‟yicha sodir bo‟layotgan salbiy oqibatlarni oldini olish,
ogohlantirish bo‟yicha tavsiyalar va bashoratlash ishlarini bajarish;
- davlat yer kadastri va yer tuzish muassasalari, yerdan foydalanishini nazorat
va muhofaza qilish organlarini zarur axborotlar bilan o‟z vaqtida ta‟minlash.
Texnik-axborot yo‟nalishning asosiy maqsadi avtomatlashgan yagona
monitoring bazasini yaratish, dasturlar paketini ishlab chiqish, Respublika yer
resurslari to‟g‟risida ma‟lumotlarni qabul qilish, taxlil qilish va saqlash tizimini
barpo etish hisoblanadi.
Yer monitoringi yer egaligi va yerdan foydalanuvchi hududida hamda
ularning tarkibiga kiruvchi dala va yer uchastkalarida yer toifalari hamda turlarining
o‟zgarishi va ularni holatini baholash bo‟yicha uzluksiz kuzatuvlar va nazorat
ishlarini o‟z ichiga oladi. Yer egaligi yoki yerdan foydalanuvchilar chegaralaridagi
yer resurslarini holatlari alohida o‟rganiladi va zarur tadbirlar belgilanadi. Bu
jarayon yer toifalari idora, qo‟mita yoki vazirliklar tasarrufidagi yer uchastkalari
chegaralarida ham o‟tkazilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ma‟lumki, “Yer kodeksi” ga muvofiq respublikamiz yagona yer fondi 8 ta
toifadan iborat bo‟lib, bu toifalarga oid yer turlari har bir tuman, mintaqa va
viloyatda o‟zaro chambarchas bog‟liq holda hududiy joylashganiga guvoh bo‟lamiz.
Demak, bitta ma‟muriy-hududiy tuman zamirida bir nechta yer toifalari
joylashgan. O‟z navbatida yer fondi toifalaridan foydalanishni boshqarishda tuman
38
hokimligidan tashqari bir nechta idora, qo‟mita va vazirliklar ishtirok etishi ma‟lum.
Shuning uchun tumanda yer monitoringini joriy etishda amaliy va tashkiliy
masalalarni hal etishda qiyinchiliklar kuzatilishi ravshan.
Demak, davlat yer monitoringi xizmat tizimi ham umumiylikdan xususiylikka
va aksi bo‟lgan xususiylikdan umumiylikka bo‟lgan tamoyilga asoslangani
maqsadga muvofiq bo‟ladi. Albatta, bu o‟rinda davlat yer kadastri va davlat yer
monitoringi xizmatini ma‟lum ma‟noda uyg‟unlashtirgan holda tashkil etish samara
beradi. Bunda yer kadastri va yer monitoringi natijalarini bevosita birlamchi
manbalarini uyg‟unligi, nazariy va amaliy masalalardagi umumiylik ham har ikki
yo‟nalishni o‟zaro aloqadorligidan dalolat beradi.
Yer monitoringi davlat axborot xizmati, davlat muassasalari yoki fuqarolar
tasarrufidagi yer resurslari tug‟risidagi tezkor ma‟lumotlar olish va aniqlangan
salbiy oqibatlarni o‟z vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. O‟z navbatida yer
monitoringi natijalari asosida yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish
chora tadbirlarini ishlab chiqishda yer kadastri va yer tuzish xizmati idoralari zarur
manbalarga ega bo‟lish imkoniyati yaratiladi.
Yer monitoringi yirik va murakkab bo‟lgan davlat miqyosidagi tadbirlar
qatori pog‟onali va ko‟p bosqichli aniq tizimga asoslangan holda o‟tkazish zarur.
Bunda quyidagi tartib tizimi qo‟llanilganda kutiladigan natijalar samarali bo‟ladi:
-
davlat yer monitoringi (yuqori pog‟ona);
-
xalqaro giper yer monitoringi (xalqaro miqyosida 1-pog‟ona);
-
yer toifalari bo‟yicha (2-pog‟ona);
-
yer egaliklari bo‟yicha (3-pog‟ona)
- yerdan foydalanuvchilar bo‟yicha (3-pog‟ona);
-
yer uchastkalari (lokal) bo‟yicha (4-pog‟ona);
Yer monitoringi Orol dengizi mintaqasi, Amudaryo, Sirdaryo havzalari, yirik
tog‟lar mintaqalariga kiruvchi xalqaro ahamiyatga molik dastur-loyihalarni ishlab
chiqish jarayoni tarkibida ham O‟zbekiston Respublikasi giper yer monitoringi
o‟tkazishda ishtirok etishi mumkin.
Monitoring - ma‟lum manbaning (ob‟ektning) holatini uzluksiz kuzatib borish
39
bo‟yicha maxsus tashkil etiladigan tadbir hisoblanadi. Yer monitoringi davlat
miqyosida yaxlit tabiiy muhit holati monitoringining tarkibiy qismi bo‟lib, uning
manbaasi O‟zbekiston Respublikasining yerga egalik shakli, undan foydalanish
maqsadi va yo‟nalishidan kat‟iy nazar yagona yer mulk saloxiyati hisoblanadi.
Yer monitoringi yer mulk salohiyatining respublika hududida joylashgan
o‟rni, chegarasi va maydoniga ko‟ra ma‟muriy tuman, viloyat, mintaqa va alohida
xususiyatlarga ega bo‟lgan maydonlarga nisbatan amalga oshiriladi. Respublika
hududida rasmiy ravishda belgilangan iqtisodiy geografik hududlar bo‟yicha
mintaqaviy monitoring va ekologik landshaft,
alohida xususiyatga ega bo‟lgan yer egaligi hisoblanadi. Yerdan foydalanuvchi
darajasigacha hamda alohida olingan yer maydoni bo‟lagi uchun ham lokal yer
monitoringin joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yer monitoringi natijalari yer mulk salohiyatini baholash va uning holatini
yaxshilash bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi. Yer monitoringi
bo‟yicha kuzatuv tayanch nuqtalari, davlat xizmati muassasalarida tashkil qilingan
sharoitda va faoliyatga uzluksizlik maqomi berilgandagina yaxshi samaralarga
erishish imkoniyati yaratiladi. O‟zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”da yer
monitoringi yer tarkibidagi o‟zgarishlarini o‟z vaqtida aniqlash, ularga baho berish,
yerdan foydalanish jarayonidagi salbiy oqibatlarni oldini olish va tugatish uchun yer
mulk salohiyatini holatini kuzatib turish deb belgilangan.
Yer monitoringi respublika miq‟yosida kuzatuv va nazorat bo‟yicha yagona
tizimda o‟tkaziladi va quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
-
yer fondi tarkibidagi o‟zgarishlarni o‟z vaqtida aniqlash;
-
yer turlari holatini va bahosidagi tafovutlarini aniqlash;
-
yer turlari bo‟yicha sodir bo‟layotgan salbiy oqibatlarini oldini olish,
ogohlantirish bo‟yicha tavsiyalar va bashoratlash ishlarini bajarish;
-
davlat yer kadastri va yer tuzishi muassasalari, yerdan foydalanishni
nazorat va muhofaza qilish organlarini zarur axborotlar bilan o‟z vaqtida ta‟minlash.
O‟zbekiston Respublikasida joriy etilayotgan yer monitoringi 1998 yilda Oliy
majlis sessiyalarida qabul qilingan “Yer kodeksi ” va “Yer kadastri” to‟g‟risidagi
40
qonunlarga asosan o‟tkaziladi. Yer monitoringini olib borish maqsadi, mohiyati va
vazifalariga ko‟ra quyidagi asosiy yo‟nalishlarda olib borishni maqsadga muvofiq
deb bilamiz: ilmiy uslubiy, uslubiy-amaliy, amaliy huquqiy, texnik va axborotlar
tizimi. Ilmiy-uslubiy yo‟nalishda yer fondi tarkibida miqdor va sifat o‟zgarishlarni
qonuniyatlarni asoslash, umumuslubiy yondashuvlar asosida maqbul yechimlarga
intilish usullarini yaratish. Bunda amalga oshiriladigan ilmiy uslubiy yondashuvlar
aniq yer uchastkalarida, tajriba maydonlarida etalon ob‟ektlarida olib boriladigan
dala tadqiqot ishlari natijasiga suyanish zarur.
Uslubiy-amaliy va amaliy yo‟nalishlar birlamchi manbaalar yerlarni iqtisodiy,
ijtimoiy,
ekologik
baholash
natijalarini
aniqlash
bo‟yicha
uslublarni
takomillashtirish, yerlarni yangidan haritalash, mavjudlariga zarur tuzatmalar
kiritish, yerlarni kompleks baholash uchun manbaalar yig‟ish kabi ishlarni bajarish
kuzda tutiladi.
Huquqiy, texnik va axborot yo‟nalishlarda; yerlardan foydalanishning
huquqiy asoslarga mosligi, yer egaligi yoki yerdan foydalanuvchi, tuman va viloyat
haritalariga zarur o‟zgarishlar kiritish va ularni muntazam nazorat qilish (yerlarni
mavjud holati, ekalogik, etalon, prognoz, tabiatni muhofaza qilish, tuproq
yemirilishi, tuproqlarni meliorativ holati, ularni ifloslanganlik darajasi, ball boniteti
va boshqa turdagi haritalarni tuzish); yerdan samarali foydalanishni boshqarish
maqsadida nazorat natijalari bo‟yicha tegishli davlat organlariga axborot tizimini
yaratish va zarur ma‟lumotlarni o‟z vaqtida yetkazish, nazorat natijalariga ko‟ra
mahalliy xukumat organlariga, tegishli qo‟mita va vazirliklarga yer resurslari
holatini yaxshilash bo‟yicha taklif, mulohazalar va tavsiya hamda tadbirlar ishlab
chiqish va taqdim etish.
Texnik axborot yo‟nalishining asosiy maqsadi avtomatlashgan yagona
monitoring bazasini yaratish, dasturlar paketini ishlab chiqish, respublika yer
resurslari to‟g‟risida ma‟lumotlarni qabul qilish, taxlil qilish va saqlash tizimini
barpo etish hisoblanadi.
Yer monitoringi yer egaligi va yerdan foydalanuvchi hududida hamda ularni
tarkibiga kiruvchi dala va yer uchastkalarida yer toifalari hamda turlarning
41
o‟zgarishi va ularni holatini baholash bo‟yicha uzluksiz kuzatuvlar va nazorat
ishlarini o‟z ichiga oladi. Yer resurslarining holatini takroriy xotiralash, o‟lchov va
baholash hamda labaratoriya ishlari uzluksiz kuzatuvlar natijasida aniqlanadi. Yer
egaligi yoki yerdan foydalanuvchilar chegaralaridagi yer resurslarining holatlari
alohida o‟rganiladi va zarur tadbir belgilanadi. Bu jarayon yer toifalari idora,
qo‟mita yoki vazirliklar tasarrufidagi yer uchastkalari chegaralarida ham o‟tkazilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yerdan foydalanuvchi sub‟ektlarning atrof muhitga va hududga bo‟lgan salbiy
ta‟siri lokal, mintaqaviy va global mikyoslarda ko‟rib chiqiladi.
Yer monitoringini tashkil qilish maqsadiga ko‟ra quyidagi ishlab chiqish,
belgilashni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
-
yerlarni kompleks ro‟yxatga olish;
-
qishloq xo‟jaligi turlari bo‟yicha tuproq monitoringini o‟tkazish;
-
davlat zaxira yerlarini ro‟yxatga olish va baholash ishlari;
-
yer monitoringini texnik axborotlar tizimini yaratish undan foydalanish
tartibini ishlab chiqish;
- yer monitoringin natijalarni ko‟rib chiqish, tasdiqlash va rasmiylashtirish;
-
yerdan foydalanish bo‟yicha huquqiy chora tadbirlar ishlab chiqish va
ularning ijrosini nazorat qilish.
Yuqorida yoritilgan yer monitoringini tashkil qilish va amalda joriy etish
masalalari barcha yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar uchun tartib-qoida va
yer monitoringini yurituvchi davlat muassasalarini ish ko‟lamini umumiy tarzda
belgilab beradi. Lekin muammoga chuqurroq yondashganimizda yer monitoringini
hayotga tadbiq etishda nazariy, uslubiy va amaliy masalalarda “uzilishlar‟
mavjudligi aniqlangan.
Ma‟lumki, “Yer kodeksiga” muvofiq respublikamiz yagona yer fondi 8 ta
toifadan iborat bo‟lib, bu toifalarga oid yer turlar har bir tuman, mintaqa va
viloyatda o‟zaro chambarchas bog‟liq holda hududiy joylashganini guvohi bo‟lamiz.
Demak, bitta ma‟muriy-hududiy tuman zaminida bir nechta yer toifalari
joylashgan. O‟z navbatida yer fondi toifalaridan foydalanishni boshqarishda tuman
42
hokimligidan tashqari bir nechta idora qo‟mita va vazirliklar ishtirok etishlari
ma‟lum.
Shuning uchun tumanda yer monitoringini joriy etishda tashkiliy masalalarni
hal etishda qiyinchiliklar kuzatilishi ravshan.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Yergeodezkadastr”
davlat qo‟mitasi tarkibidagi Geodeziya va kartografiya Milliy markazi 20 ta
yo‟nalishda olib borilayotgan kadastr tizimi faoliyatida ham yer monitoringi davlat
xizmati kabi ilmiy-uslubiy va amaliy ishlar olib borilishi mualliflar tomonidan
chuqur taxlil qilingan. Natijada davlat kadastrlar tizimini joriy etishdagi ijobiy
yo‟nalishlar yer monitoringini tashkil qilishda ilmiy-uslubiy yondashuvlarda katta
ahamiyatga egaligini qayd etish lozim.
Yer monitoringini joriy etishda xalq xo‟jaligi tarmoqlari bo‟yicha va tarmoq
ichidagi yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi sub‟ektlar tizimini hisobga
olish bu yo‟nalishdagi tadbirlarni o‟tkazishning yaxlitlik tamoyiliga rioya etishga
asos yaratadi. Chunki xalq xo‟jalik tarmoqlarini boshqaruv tamoyillari yagona
davlat mulki bo‟lgan yer resurslaridan foydalanishini boshqarish tamoyillariga to‟liq
mos keladi.
Demak, davlat yer monitoringi xizmat tizimi ham umumiylikdan xususiylikka
va uni aksi bo‟lgan xususiylikdan umumiylikka bo‟lgan tamoyilga asoslangani
maqsadga muvofiq bo‟ladi. Albatta, bu o‟rinda davlat yer kadastri va davlat yer
monitoringi xizmatini ma‟lum ma‟noda uyg‟unlashtirilgan holda tashkil etish
samara beradi. Bunda yer kadastri va yer monitoringi natijalarini bevosita birlamchi
manbalarini uyg‟unligi, nazariy va amaliy masalalardagi umumiylik ham har ikki
yo‟nalishni o‟zaro aloqadorligidan dalolat beradi.
Yer egaligi yoki yerdan foydalanuvchi sub‟ektlarni ishlab chiqarish faoliyatini
bevosita boshqarib turuvchi idora, qo‟mita yoki vazirlik qoshida yer monitoringi
xizmatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassislar guruhini tashkil etish zaruriyati
tug‟iladi.
Yer monitoringi davlat axborot xizmati, davlat muassasalari yoki fuqarolar
tasarrufidagi yer resurslari tug‟risidagi tezkor ma‟lumotlar olish va aniqlangan
43
salbiy oqibatlarni o‟z vaqtida bartaraf etishga yordam beradi. O‟z navbatida yer
monitoringi natijalari asosida yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish
chora tadbirlarini ishlab chiqishda yer kadastri va yer tuzish xizmati idoralari zarur
manbalarga ega bo‟lish imkoniyati yaratiladi. Yer monitoringi yirik va murakkab
bo‟lgan davlat miqyosidagi tadbirlar qatori pog‟onali va ko‟p bosqichli aniq tizimga
asoslangan holda o‟tkazish zarur. Bunda quyidagi tartib tizimi qo‟llanilganda
kutiladigan natijalar samarali bo‟ladi:
- davlat yer monitoringi (yuqori pog‟ona);
- xalqaro giper yer monitoringi (xalqaro miqyosda 1-pog‟ona);
- yer toifalari bo‟yicha (2-pog‟ona);
- yer egaliklari bo‟yicha (3-pog‟ona);
- yerdan foydalanuvchilar bo‟yicha (3-pog‟ona);
- yer uchastkalari (lokal) bo‟yicha (4-pog‟ona).
Yer monitoringi natijalari respublika Vazirlar Mahkamasi qoshidagi maxsus
boshqarma, bu ma‟lumotlarni umumlashtiruvchi maxsus idora, muassasa va
tashkilotlarni muntazam yig‟ilib, taxlil etilib zarur xulosa va tadbirlar ishlab
chiqiladi.
Respublika hududida rasmiy ravishda belgilangan geografik hududlar
bo‟yicha mintaqaviy monitoring va ekologik landshaft, alohida hududiy xususiyatga
ega bo‟lgan yer egaligi, yerdan foydalanuvchi darajasigacha ma‟lum yer maydoni
bo‟lagi uchun ham alohida (lokal) yer monitoringini o‟tkazish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Yer monitoringi Orol dengizi mintaqasi Amudaryo, Sirdaryo havzalari, yirik
tog‟lar mintaqalariga kiruvchi xalqaro ahamiyatlarga molik dastur-loyihalarni ishlab
chiqish jarayoni tarkibida ham O‟zbekiston Respublikasi giper yer monitoringi
ishtirok etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |