Davlat yer monitoringini o’tkazish asoslari va tuzilmasi
O‟zbekiston Respublikasining barcha yerlari, ularning huquqiy rejimi,
foydalanish maqsadi va harakteridan qat‟iy nazar yer monitoringining ob‟ekti
11
hisoblanadi.
Monitoring yerlardan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda olib boriladi
va yer fondi toifalarga muvofiq bo‟lgan quyidagi kichik tizimlarga bo‟linadi:
-
qishloq xo‟jaligi maqsadidagi yerlar monitoringi;
-
aholi punktlari yerlari monitoringi;
-
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar
monitoringi;
-
tabiatni muhofaza qilish, sog‟lomlashtirish, rekreaksion maqsadlardagi yerlar
monitoringi;
-
tarixiy-madaniy maqsadlardagi yerlar monitoringi;
-
o‟rmon fondi yerlari monitoringi;
-
suv fondi yerlari monitoringi;
-
zaxira yerlar monitoringi.
Hududiy qamrab olinishga ko‟ra yerlarning respublika, mintaqaviy va
mahalliy monitoringi amalga oshiriladi.
Respublika monitoringi O‟zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab
oladi. Mahalliy monitoring alohida yer uchastkalari va manzara - ekologiya
komplekslarni qamrab oladi.
Yerlarning holati o‟zgarishlarning yo‟nalishi va jadalligiga oid bir qancha
izchil
kuzatishlarni
(davriy,
mavsumiy,
sutkalik)
taxlil
qilish,
olingan
ko‟rsatkichlarni yerlarning sifat holati me‟yorlari bilan taqqoslash orqali baholanadi.
Yer holatini baholash ko‟rsatkichlari muayyan davr yoki sana uchun ham absalyut
ham nisbiy ko‟rsatkichlarda (o‟lchov birligida) ifodalanadi. Yerlar holatini baholash
natijalariga ko‟ra tezkor ma‟lumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyanomalar
tuziladi, ularga o‟zgarishlar, ayniqsa salbiy o‟zgarishlarning dinamikasini, ularning
yo‟nalishini va jadalligini tavsiflovchi mavzuli haritalar, kartogrammalar, jadvallar
va diagrammalar ilova qilinadi.
Yer monitoringi O‟zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‟mitasi tomonidan manfaatdor Vazirliklar,
Davlat qo‟mitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqarilgan va tasdiqlanadigan
12
yagona uslub bo‟yicha olib boriladi, bu uslub yerlarning holatini tezkor va
muntazam kuzatishlarni amalga oshiruvchi, tadqiqotlar, tekshirishlar o‟tkazuvchi
yoki haritalovchi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat‟iy nazar yerlarni
mavzuli haritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar muassasalar va
tashkilotlar yer resurslari bo‟yicha tegishli xizmatlarga ularning vakolatlari doirasida
yerlarning miqdor va sifatlovchi holati to‟g‟risidagi ma‟lumotlarning yer
monitoringi va davlat yer kadastri bo‟yicha axborotlar kiritish uchun ko‟rsatilgan
ishlar bo‟yicha materialllarning nusxalarni tekin beriladi.
O‟z navbatida yer resurslarini bo‟yicha xizmatlarni ham yerlarni mavzuli
haritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga ularning so‟roviga binoan zarur materiallarni tekin beradilar.
Yer monitoringi yagona klassifikatorlar, kodlar, metrik birlik tizimi,
ma‟lumotlarning standart formatlari va me‟yoriy - texnik baza, koordinatalar va
balandliklar davlat tizimiga asoslangan turli xil ma‟lumotlarning bir - birlariga
mosligi prinsipiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yer monitoringi o‟tkazishda zarur axborotlarni olish uchun quyidagilar
qo‟llaniladi.
-
masofadan turib zondlash (aerokosmik suratga olish va kuzatishlar);
-
yerda suratga olish va kuzatish;
-
fond materiallari.
-
dron materiallari.
Muddatlari va davriyligiga ko‟ra yerlarning holatini 3 ta guruh kuzatishlar
amalga oshiriladi:
-
bazaviy (yer monitoringini yuritishning dastlabki bosqichida kuzatish
ob‟ektlarining haqiqiy holatini qayd etuvchi boshlang‟ich) kuzatishlar;
-
davriy (yillik va bir yillik ustidagi davrlar bo‟yicha) kuzatishlar;
-
tezkor, (joriy o‟zgarishlarni qayd qiluvchi) bir yildan kam oraliq davrda
muntazam yoki bir yo‟la bajariladigan kuzatishlar.
Ekin maydonlari dalalar, uchastkalar, manzara ekologiya komplekslar holatini
13
bevosita kuzatishda olingan bazaviy ma‟lumotlar tumanlar, shaharlar qo‟rg‟onlar,
viloyatlar, Qoraqalpog‟iston Respublikasi va umuman O‟zbekiston respublikasi
bo‟yicha shuningdek aloxida tabiiy komplekslar bo‟yicha umumlashtiriladi.
Yerlarning bazaviy va davriy monitoringi:
-
Qoraqalpog‟iston Respublikasi viloyatlarida - Qoraqalpog‟iston
Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari;
-
Toshkent shahrida – Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining
yer tuzish va ko‟chmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan yuritiladi.
Yerlarning monitoringi bazaviy va davriy monitoringi ma‟lumotlardan
foydalanilgan holda:
-
shaharlar va qo‟rg‟onlarda - Yer resurslari va davlat kadastri
boshqarmasining tuman va shahar yer tuzish va ko‟chmas mulk kadastri davlat
korxonasi tomonidan yuritiladi;
-
respublikaning qolgan hududlarida yer resurslari va davlat kadastri
bo‟limlari tomonidan yuritiladi.
Qoraqalpog‟iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari boshqarmalari
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‟mitasining hududiy organlari bilan birgalikda har yili 1
fevraldan kechiktirmay davlat hokimiyati mahalliy organlariga, O‟zbekiston
Respublikasi Yer resurslari davlat qo‟mitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‟mitasiga mintaqadagi yerlarning holati to‟g‟risida axborotlar (hisobotlar) taqdim
etadilar, o‟ta xavfli va yo‟l qo‟yilishi cheklangan jarayonlar aniqlangan taqdirda
tezkor ma‟lumotlar yuboradilar.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar yer monitoringi
ma‟lumotlaridan belgilangan tartibda haq to‟lagan holda foydalanadilar.
Yer monitoringini yuritish bo‟yicha ishlar davlat byudjeti mablag‟lari
hisobiga amalga oshiriladi. Yer monitoringi bo‟yicha davlatlararo va xalqaro
dasturlarni mablag‟ bilan ta‟minlash O‟zbekiston Respublikasining boshqa
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzadigan bitimlari va shartnomalarida
belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
|