72
VII-BOB. YER MONITORINGINING MINTAQAVIY TIZIMI
1. Yer monitoringining mintaqaviy tizimining vazifalari.
2. Yer monitoringining axborot mintaqa tizimining manbaalari.
3. Agroekologik monitoring.
Tayanch so‘zlar: ekologik rayonlashtirish, asbob - uskunalar, umumdavlat
miqyosidagi loyihalar, texnologiya bo‘yicha fototarxlar, kosmosuratlarni avtomatik
ravishda deshifrovkalash.
Yer resurslari va ularning muhim hududiy va mintaqaviy farqlari yer
monitoringining mintaqa tizimini yaratish to‟g‟risida gapirish tug‟risida aytib o‟tish
zarur. U ma‟muriy chegarada va tabiiy ekologik mintaqada yerlar holatini nazorat
qilishi kerak.
Yer monitoringi mintaqaviy tizimining maqsadi yerlar holatini nafaqat tabiiy
ekologik baholash, balki mintaqa hududini uzluksiz kuzatish va nazorat qilish,
shaharlar va tumanlar ma‟muriy chegaralarida ham olib boriladi.
Yer monitoringining mintaqa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
mintaqalar bo‟yicha ma‟lumotlar axboroti
bazasini yaratish va ishlab
chiqish;
-
kuzatish ishlarini olib boruvchi majmualarning turli xil mintaqaviy
kuztish punktlarini yaratish;
-
mintaqaning yer resurslari holatini masofali nazorat qilishni ham, ham
mintaqa tizimlarini asbob - uskunalar bilan qurollantirish;
-
yerlardan foydalanilganda yoki ular ifloslangan holatda degradatsiya
darajasini aniqlashning mezonlari va har xil me‟yoriy ko‟rsatkichlar ishlab chiqish;
-
yerlar iste‟moldan chiqarilishining ruxsat beriladigan hajmini aniqlash;
-
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida
turli xil tabiiy muhit
kadastrlari va monitoringlarini axborot bilan ta‟minlash;
- yerlar holatiga ta‟sir ko‟rsatadigan asosiy negativ jarayonlar turlari va
darajasi bo‟yicha ajratish bilan mintaqa hududini lanshaft - ekologik
rayonlashtirishni ishlab chiqish;
73
Yer monitoringining axborot mintaqa tizimining manbaalariga quyidagilar
xizmat qiladi:
1. Bazali axborot - yer resurslaridan foydalanishning tarkib
topgan tizimi va
ular sifatiga ta‟sir ko‟rsatadigan salbiy omillarni turli xil mavzuli haritalar (tuproqqa
oid, geomorfologik, geobotaniq, agrokimyoviy, gidrologik va h.k.)
foydalanish
bilan yer resurslari potensialini aks ettiradi.
2. Tezkor axborot - yer resurslari o‟zgarishining miqdor va sifatini aks
ettiradi. Bunday holatda tuman va viloyat yer resurslari boshqarmalarining statistik
hisobotlaridan foydalaniladi.
3. Ma‟lumotli axborot - yerlar holatiga u yoki bu salbiy ta‟sir ko‟rsatishning
favqulotda vaziyatini aks ettiradi. Bunday axborotning manbai - zond bilan masofali
kuzatish uslubi va yer ustida taftish o‟tkazishdir.
Yer monitoringining mintaqaviy tizimini muhim vazifalaridan biri landshaft
- ekologik rayonlashtirishni ishlab chiqishdir.
O‟zbekistonning xozirgi zamin landshafti turli - tuman tabiiy, tabiiy -
antropogen va antropogen
tashkil topishini ifodalaydi, ularning tuzilishi va holati
quyidagilar natijasidadir:
•
Birinchidan, tabiat hodisalarining ro‟y berishi;
•
Ikkinchidan, inson va tabiatning birgalikdagi ko‟p yillik faoliyatlaridir.
Yerdan foydalanishning tuzilishi hududning tabiiy, tarixiy va etnik xususiyatlari
bilan muvofiqlikda shakllanishi. Bu o‟z navbatida
yerdan foydalanishda salbiy
jarayonlarning oldini olish bo‟yicha chora - tadbirlar va xo‟jaliklarning ixtisosligini
belgilab beradi.
Hududni landshaft - ekologik rayonlashtirishning asosiy vazifasi landshaftli
muammolar va tabiiy muhit o‟zgarishi darajasini o‟rganish (aniqlash)dan iboratdir.
Shu bilan birga tabiiy majmualarda, texnologiyalarda, xususiyatida
saqlanishi katta ahamiyatga ega. Ular landshaft - ekologik balansini (muvozanatini),
yerlardan foydalanish turlari va hududning ekologik kartasini
shakllantirish uchun
zarurdir.
Landshaftga oid tekshirish dala (statsionar va ekspeditsiyali) taftish qilishni
74
o‟z ichiga oladi. Landshaftli tekshirishning birlamchi bosqichi - landshaftli
tasvirlash va kartografiyalashtirish, landshaftli tasvirlar kichik masshtabli landshaft
- ekologik haritalarni (1:25000) yaratish uchun asos tashkil etadi. Bunday harita
bitta yoki bir qancha jarayondaki, ularning
tarqalishi batafsil tavsifi,
shakllanishining o‟ziga xos xususiyatlari bilan o‟sha masshtabda kartalar tuzib
chiqish uchun asos bo‟ladi. Bu harita yoki bu salbiy oqitlarni baholash uchun bazis
(asos) bo‟ladi.
Hozirgi vaqtda har qanday hudud rivojlanishining xo‟jalik harakati va
barcha rejalari tabiatda landshaft - ekologik muvozanatni saqlab qolishga,
yerlar
degradatsiyasi mavjud bo‟lgan joylarni yo‟q qilishi va betaraflantirish to‟la imkon
beradigan qishloq xo‟jaligi, sanoat va boshqa antropogenli o‟zgargan strukturasini
shakllantirishga yo‟naltirilgan bo‟lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: